Линклар

Шошилинч хабар
25 апрел 2024, Тошкент вақти: 22:25

Murodboy sotgan avtomobillarni militsiya aholidan tortib olmoqda


"O‘zbekiston" televideniesi qidiruvga berilganini e’lon qilgan Murodboy - Mirzamurod Yunusaliev
"O‘zbekiston" televideniesi qidiruvga berilganini e’lon qilgan Murodboy - Mirzamurod Yunusaliev

Toshkent viloyati Yangiyo‘l tumanidan Ozodlik bilan bog‘langan tinglovchilar tumandagi "Erkin avto diler" do‘konidan sotib olingan avtomobillarini IIBga topshirish talab qilinayotganidan arz qildi. Norasmiy ma’lumotga ko‘ra, bu avtomobil do‘koni xuddi Ahmadboyniki kabi biznes yuritgan Murodboyga qarashlidir. O‘zbekiston televideniesi asl ismi Mirzamurod Yunusaliev bo‘lgan bu shaxs ham moliyaviy firibgarlikda ayblanib, qidiruvga berilganini e’lon qilgan.

Yangiyo‘l tumanidan Ozodlik bilan bog‘langan bir oila "Erkin avto diler" do‘konidan shu yil mart oyida sotib olingan "Matiz" rusumli avtomobilini dushanba kuni kechga qadar tuman IIBga qaytarish talab qilinganidan arz qildi:

- Avtosalonning Erkin degan direktoridan lichno olganmiz. Lekin, savdo shunaqa bo‘lganki, boshida 20 foiz pulini to‘laganmiz, keyin oyiga bo‘lib-bo‘lib berib, bir yilda qutulishga kelishganmiz. 36 million so‘mlik mashinaga 9 million so‘mini berib bo‘lgandik. Mana endi mashinani qaytarib berasizlar, deyapti IIB, - deydi shikoyatchi.

Uning aytishicha, ushbu do‘konning direktori Murodboyning yaqinidir va direktor hibsga olinib, ishi sudga oshirilgani bois avtomobillar qaytarilmoqda:

- Erkinning o‘zi hibsga olinganmish, IIBdagilar shunaqa deyishdi. Shuning uchun uning salonidan olingan avtomobillar sudgacha IIBda turarmish. "Pulimizni qaytarib beringlar", dedik. "Suddan keyin olasizlar, agar berishsa. Bo‘lmasa, pulingiz qaytmasligi ham mumkin", deyishdi. Bizga o‘xshab yugurib yurgan juda ko‘p, - deydi shikoyatchi.

4 iyul kuni Ozodlik bilan gaplashgan Yangiyo‘l tumani IIBga yaqin manba "Erkin avto diler" salonidan olingan avtomobillar qaytarib olinayotganini tasdiqladi. Undan olingan ma’lumotga ko‘ra, shu kunga qadar 50ga yaqin avtomobil qaytarilgan:

"Birinchidan, hech birida oldi-sotdi shartnoma qilinmagan. Ularga doverennost berilgan: "Bu salonning mashinasi, falonchi-fistonchi 1 yil ichida minib yurishi mumkin", degan. Shuning uchun, mashinalar qaytarib olinayapti. Kim oldi-sotdi qilgan bo‘lsa, ularning mashinasiga tegilayotgani yo‘q", dedi muxbir bilan mikrofonsiz suhbatda manba.

Bunga qadar ham ayni avtomobil do‘konining asli ismi Mirzamurod Yunusaliev bo‘lgan Murodboyga tegishli ekani iddao qilingan.

Murodboyga 4 ta avtomobilini berganini da’vo qilgan yangiyo‘llik arzchilardan biri 20 iyunь kuni Ozodlik bilan suhbatda 20 ming dollarlik avtomobilini unga tegishli ko‘rilgan "Erkin avto diler" nomli shirkatda qoldirganini da’vo qilgan. O‘shandayoq avtosalon direktorining hibsga olingani aytilgan.

30 iyun kuni O‘zbekistondagi bir necha telekanallarda namoyish qilingan "Ahmad vasvasasi" nomli ko‘rsatuvda Yangiyo‘lda Murodboy, deb tanilgan Mirzamurod Yunusalievning nomi tilga olindi. Unga "Ahmad Tursunboevning hamtovoqlaridan biri", deb baho berilgan ko‘rsatuvda iddao qilinishicha, Yunusaliev ham xuddi Ahmadboy kabi moliyaviy firibgarlik bilan shug‘ullangan va ayni damda qidiruvga berilgan.

Chinoz "Avto Hamkor" shirkati rahbari 39 yashar Ahmad Hamidovich Tursunboev ustidan esa O‘zbekiston Jinoyat Kodeksining 165-moddasi (tovlamachilik),168-moddasi (firibgarlik) va 170-modda (aldash yoki ishonchni suiiste’mol qilish yo‘li bilan mulkiy zarar yetkazish) bo‘yicha jinoiy ish ochilgan.

Shuningdek Tursunboev 177-modda - valyutani qonunga xilof ravishda olish va 178-modda - chet el valyutasini yashirish bo‘yicha ham ayblanmoqda.

XS
SM
MD
LG