Линклар

Шошилинч хабар
25 апрел 2024, Тошкент вақти: 11:21

Rossiyada GM Uzbekistan sobiq rahbari Tohirjon Jalilov mulki sotuvga qo‘yildi


Rossiyaning Voronej, Lipetsk va Ijevsk shaharlarida GM Uzbekistan avtokonsernining sobiq direktori, "O‘zavtosanoat" hissadorlik kompaniyasi raisining sobiq muovini Tohirjon Jalilovga tegishli ekani ishonilgan "Malika" sharq oshxonalari tarmog‘i sotuvga qo‘yildi. O‘zbekistonda tergov qilinayotgan Tohirjon Jalilovga Rossiyada yana bir qator yirik korxona va savdo shirkatlari tegishli ekani ma’lum bo‘ldi.

"Malika" sotiladi...

Avito saytida Voronejdagi o‘zbek kafelari tarmog‘i sotuvga qo‘yilgani borasida e’lon kuni kecha paydo bo‘ldi.

ZUDLIK BILAN SOTILADI! Voronej, Lipetsk va Ijevsk shaharlarida "Sharq" oshxonasi kafelar tarmog‘i sotilmoqda. Kafe 2004 yildan buyon faoliyat yuritadi. Hech qanday qo‘shimcha mablag‘ kiritishning zarurati yo‘q. Kelishilgan narxda”, deyiladi sotuvga qo‘yilgan oshxona e’lonida.

Voronejdagi "Malika" o‘zbek oshxonasi
Voronejdagi "Malika" o‘zbek oshxonasi

Bu e’londan oshxonalar tarmog‘i unda xizmat qilayotgan xodimlar va ichki jihozlar bilan birga sotilayotgani ta’kidlangan. Shuningdek, Voronej shahri yaqinida tarmoqning xususiy fermasi ham borlgini aytildi.

Buning ortidan sotuvga chiqarilgan kafelar "Malika" oshxonalar tarmog‘i ekani xabari chiqdi.

"Malika"da bo‘lgan-bilganlar oshxona tarkibida banket zali, yozgi maydonchalar va shiyponlar hamda bolalar maydonchasi borligini aytadi.

Ayni paytda mahalliy ommaviy axborot vositalarida sotilayotgan "Malika" oshxonalari GM Uzbekistan avtokonsernining sobiq direktori va “O‘zavtosanoat” hissadorlik kompaniyasi raisining sobiq muovini lavozimlarini egallab kelgan taniqli tadbirkor Tohirjon Jalilovga tegishli ekanini ma’lum qilmoqda.

GM Uzbekistan sobiq rahbari tergov qilinmoqda

2010 yildan beri o‘zbek avtokonsernini boshqarayotgan Tohirjon Jalilov tovlamachilik yo‘li bilan shirkat pullarini o‘zlashtirganlikda gumonlanib, shu yilning aprel oxirlarida hibsga olingan edi. Ozodlik manbalariga ko‘ra, Jalilov GM Uzbekistan korxonasi ishlab chiqargan mashinalarni Rossiyaga eskport qilishda noqonuniy sxemalar yordamida katta miqdordagi mablag‘larni o‘zlashtirishda gumonlanmoqda.

Jalilovdan tashqari yana kamida 10 odam, jumladan uning o‘g‘li ham qo‘lga olinib, tergov qilinayotgani xabar qilnadi.

Ozodlik so‘roviga o‘zini Mixail deb tanishtirgan sotuvchi mulk narxi kelishilgan holda sotilishini bildirib, ammo uning egasi borasida “hech qanday ma’lumotga ega emasman” deb aytdi.

Ijtimoiy tarmoqlarda shaharliklar orasida o‘zining taomlari va marketingi bilan juda tez nom qozongan “Malika”ning 90 foiz oshxona xodimlari O‘zbekistondan ekani ma’lum.

Ismi sir qolishni istagan Ozodlik manbasi “Malika” tarmog‘ining sotuvga qo‘yilganini uning rahbariyatiga nisbatan O‘zbekistonda boshlangan tergov ishlari bilan bog‘ladi.

GM Uzbekistanning Rossiyadagi dileri shirkat sobiq rahbari Tohir Jalilovni himoya qilib, O‘zbekiston prezidenti va boshqa mulozimlariga ochiq xat e’lon qilgan.

Unda Jalilov "nohaq" hibsga olingani ta’kidlanadi.

“Avtobiznes Info” nashri tergov ostida bo‘lgan tadbirkorning Rossiyadagi boshqa hamkasblari nomidan uni 22 may tug‘ilgan kuni bilan tabriklagan.

Voronej viloyati FMS boshqarmasi sobiq rahbari N.Polukazakov
Voronej viloyati FMS boshqarmasi sobiq rahbari N.Polukazakov

Tohirjon Jalilov bundan bir yil oldin 8 yilga qamoqqa mahkum etilgan Voronej viloyat FMS boshqarmasining sobiq boshlig‘i Nikolay Polukazakov jinoiy ishi yuzasidan guvoh sifatida tergovga jalb qilingan ham edi.

FMS rahbari janob Jalilov boshqaruvidagi “Uz-Daewoo - Voronej” jamiyati xavfsizlik xizmati boshlig‘i Viktor Lapindan 2,5 million rublga baholangan Volkswagen Tuareg avtomashinasini “sovg‘a” tarzida qabul qilgani uchun sudlangandi.

Tergovchilarga ko‘ra, qimmatbaho avtomashina Tohirjon Jalilovga tegishli “Km/Ch” avtosalonidan Nikolay Polukazakovga “Markaziy osiyoliklarni shirkat ishlariga jalb qilishga zaruriy bo‘lgan hujjatlarni rasmiylashtirish xizmatlari” uchun hadya etilgan.

Avto va oshxona biznesi egasi

Hozirda Toshkentdagi MXX tergov izolyatorida qolayotgan Tohirjon Jalilovga Rossiyada yana qator mol-mulk va yirik shirkatlar tegishli ekani aniqlandi.

Oldinroq Tohirjon Jalilov Moskvada qaydga olingan yirik Uz-Daewoo shirkatining Rossiyadagi dileri - “UZAVTORUS” shirkati, shirkatning Voronejdagi vakolatxonasi - “UZDEUAVTO-VORONEJ”, “KM/Ch” Boshqaruv kompaniyalari egadoshi ham bo‘lgan.

Biroq, “SPARK-Interfaks” nashriga ko‘ra, hozirda biznesmen Jalilov qo‘l ostida “Oq-Yo‘l” korxonasi (avtomobil yuk transporti faoliyati), “Translogist” (yuklar transportirovkasi va saqlanishi),“UzDEU Akademiyasi” (ta’lim tizimi), “Uzmasheksport” (transport vositalari savdosi) va Moskvada qaydga olingan “Malika-M” restoranlari va kafelari qolgan.

“Oq-Yo‘l” kompaniyalari 2015 yil dekabridan, “Translogist” shirkati esa 2016 yilning mart oyidan bankrotlik holatida ekani to‘g‘risida sud qarorlari mavjud.

XS
SM
MD
LG