Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 06:49

Moskvadan Piterga ketib yo‘qolgan Ilhom qidirilmoqda


Rossiyaning Moskva va Sankt-Peterburg shaharlari orasida shu yilning may oyida yo‘qolib qolgan Ilhom Boymanovni yaqinlari qidirmoqda. 33 yashar muhojir yigit poezdga chipta olib, Peterburgda kutib o‘tirgan opa-singillari yoniga yetib bormagan.

Ozodlikning Moskvadagi tahririyatiga murojaat qilgan Rayimjon Ernazarov Moskvadan Sankt-Peterburg shahriga jo‘nab ketgan bo‘lasini topishga yordam so‘radi.

- Bu yigit Boymanov Ilhom, 1983 yil 9 avgust kuni tug‘ilgan. Piterda uni opalari ham borda. 7 may kuni Moskvadan Sankt-Peterburgga poezdga bilet olgan, lekin Peterburgga yetib bormagan – biror xabar yo‘q. U yoqdagi tanishlar ham “Yo‘q, kelmagan!” deyishyapti. Leningradskiy vokzalga qo‘ng‘iroq qildik, “Biz aytib bera olmaymiz” deydi. Militsiyaga rozisska berdik. Ariza bir oy oldin yozilgan, ikki oy bo‘ldi yo‘qolganiga, dedi Rayimjon.

Suhbatdoshning aytishicha, Ilhom bir necha yil Peterburgda ishlagan.

U yaqindagina Moskva shahrida turk qurilish firmasida ish topib, Rossiya poytaxtiga kelgan, deydi:

- Moskvada turk firmasida ishlardi. Oldinroq 4 yilcha Sankt-Peterburgda ishlagan edi. U yerdagi ishi ma’qul kelmadida, Moskvaga keldi. Shu yerda tanishlar oldida bir oylarcha ishladi. Firmada tosh quyishda, mramor quyishda ishlagan. Qurilish sohasida ishlardi, umuman. Uylangan, ikkita farzandi bor: 3-4 yoshdagi o‘g‘il va qizi bor. O‘zi Tojikiston Respublikasining Xatlon viloyati, Qo‘rg‘ontepa shahri, Qubodiyon nohiyasida tug‘ilgan bu bola. U meni xolavachcham bo‘ladi. Biror dushmani bo‘lmagan, biror bilan janjallashadigan xarakteri yo‘q edi. Biz ariza topshirgan joyga politsiyaga ikki marotaba murojaat qildik. “Yo‘q, yo‘q!”, deb biror xabar aytmayapti. O‘shanga Ozodlik Radiosiga chiqardik, dedi Rayimjon Ernazarov.

Rayimjon boshqa qarindoshlari bilan ariza topshirilgan Moskvadagi politsiya bo‘limidan hanuzgacha javob olinmaganini gapirdi.

Ozodlik Radiosi joriy yilning 7 mayida Moskva-Peterburg yo‘nalishi bo‘yicha ketayotgan poezdga chiqib, dom-daraksiz ketgan Ilhom Boymanovni ko‘rgan-bilganlarni, uning keyingi taqdiri borasida biror ma’lumotga ega bo‘lganlarni

+7 (926) 840-80-95

+7 (985)280-04-61

raqamlari bo‘yicha qo‘ng‘iroq qilishlari yoki Ozodlikning Internetdagi rasmiy sahifasi, ijtimoiy tarmoqlarida ko‘rsatilgan aloqa vositalari yordamida xabar berishlarini so‘raydi.

XS
SM
MD
LG