Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 00:11

Naro-Fominskda o‘zbekistonlik ayol bordel ochganlikda ayblanmoqda


Moskva viloyatining Naro-Fominsk tumanida fohishaxona ochganlikda gumonlanayotgan 38 yoshli o‘zbekistonlik ayol hibsga olindi. Aprelevka qo‘rg‘onidagi "priton"ni ayol 28 yoshli singlisi bilan boshqarib kelgani aytilmoqda.

Moskva viloyat politsiyasida huquqbuzarlikda ayblanayotgan xorijlik ayol Aprelevka qo‘rg‘onida xususiy uylardan birini ijaraga olib, unda o‘zining 28 yoshli singlisi bilan birga intim xizmatlarni ko‘rsatuvchi islovotxona ochganini aytishdi.

Naro-Fominsk tuman Ichki ishlar bo‘limining Ozodlikka taqdim etgan ma’lumotiga binoan, har bir “uchrashuv” uchun bu shaxs 1 ming rubldan haq olib kelgan.

- 1 ming rubl olamiz bitta “xodka”ga. Klientlarim ko‘p emas. Faqat o‘zimning tanish-bilishlarimga “xizmat” ko‘rsatamiz, deya tushuntirish berdi tergovchilar tomonidan hozircha ismi sir tutilayotgan o‘zbek vatandoshi.

Москва вилоятида фоҳишахона очган ўзбекистонлик аëл ушланди
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:00:48 0:00

(Video Moskva viloyati IIBsi tomonidan tomonidan taqdim etildi)

Politsiya xodimi savollariga bu ayol boshqa qizlarni ham ishlatgani, ko‘p hollarda o‘zi ham “xizmat” qilib turishini aytadi.

Shuningdek, islovotxona egasi sifatida gumonlanayotgan ayol mijozlariga kontratseptiv vositalaridan foydalanmaslikka ruxsat berganini ochiqladi.

Operativ-qidiruv amaliyoti davomida ayol “mijoz” bo‘lib xonaga kirgan politsiya xodimidan ming rubl miqdorida pul olayotgan paytda ushlangan.

Naro-Fominsk tergov bo‘limi o‘zbekistonlik ayolga nisbatan Rossiya Federatsiyasi Jinoyat Kodeksining 241 moddasi (“Fohishalik amallarini tashkil etish hamda islovotxona saqlash”) asosida jinoiy ish qo‘zg‘atdi.

Politsiyada Ozodlikka bu jinoyat uchun Rossiya qonunchiligida 5 yilgacha qamoq jazosi tayinlanishi mumkinligini bildirishdi.

38 yashar ayol tergov yakuniga qadar hibsda qoldi.

Shuningdek, uning qo‘l ostida ishlagan yana bir o‘zbekistonlik ayol “Fohishalik bilan shug‘ullanish” moddasi asosida ma’muriy javobgarlikka tortildi va unga 2 ming rubl jarima solingani ma’lum bo‘ldi.

Zvenigorodda qo‘lga tushgan ayollar

Bundan oldinroq, 2016 yilning 31 mayida Voronej shahrining Komintern tumanida mehnat muhojirlariga “xizmat” ko‘rsatuvchi islovotxona tashkil etgan 34 yoshli o‘zbekistonlik yana bir ayolning jinoiy ishi sudga oshirilgani xabar qilingan edi.

Tergovchilar o‘z faoliyatiga u asosan O‘zbekiston va Tojikistondan kelgan ayollarni va yosh qizlarni jalb qilgani aniqlanganini ta’kidlagan.

Kuni kecha Voronej shahar sudi qarori bilan fohishaxona tashkil etganlikda aybdor deb topilgan o‘zbekistonlik ayol 8 oylik qamoq jazosiga mahkum etilgani xabari chiqdi.

XS
SM
MD
LG