Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 13:58

Rossiya sudi Navalniyning VGTRKga qarshi shikoyat arizasini qondirmadi


Aleksey Navalniy
Aleksey Navalniy

Rossiya sudi chiqargan qarorga ko‘ra, Rossiya davlat telekanallarida biror shaxsni hech bir dalil-isbotsiz "g‘arb josusi", deb atash bo‘hton va tahqirlashga kirmaydi.

12 iyul kuni Moskva sudi muxolifatchi Aleksey Navalniyning VGTRK telekanali hamda “Rossiya Segodnya” davlat matbuot konglomerati yetakchisi Dmitriy Kiselyov ustidan bo‘hton va tahqirlash bo‘yicha shikoyat arizasini ko‘rib chiqmasligini bildirdi. Aytib o‘tilgan telekanal Navalniyni AQSh hamda Britaniya razvedkasiga ishlashda ayblagan edi.

“Rossiya 1” telekanali aprel oyida efirga uzatgan ko‘rsatuv “kulgili dalillarni” keltirgani uchun keskin tanqid qilindi. Ko‘rsatuv davomida ingliz tilida chalasavodlarcha yozilgan xatlar MI-6 hamda MRB ofitserlarining sizdirilgan xati ekanligi iddao qilinib, dalil o‘laroq keltirildi. Ko‘rsatuvda yana yozib olingan Skype suhbati ham ko‘rsatildi, lekin yozuvdagi hech bir shaxsning ovozi Navalniynikiga o‘xshamaydi.

Britaniya razvedkasidan olingani iddao qilingan xatlarning birida AQSh va Britaniya fuqarosi, moliyachi Bill Brauder “Rossiya Federatsiyasi prezidenti vorislariga qarshi antikorrupsion loyihalar” boshlash uchun hamda “Rossiya Federatsiyasining mavjud konstitutsion tuzumini kuchsizlantirishga” qaratilgan amaliyotni amalga oshirish uchun Navalniyga pul ajratishga chaqirgan.

Navalniy Rossiya Federal xavfsizlik xizmatidan o‘zining g‘arb razvedka xizmatlariga bo‘lgan aloqasini tergov qilinishini so‘ragan edi.

Navalniy 12 iyul kuni bo‘lib o‘tgan sud eshitishida xavfsizlik xizmati uning iltimosini yerda qoldirganini aytdi. Navalniyning matbuot kotibi Kira Yarmish Twitterda muxolifatchi “Bu hol hattao FXX ham filmni uydirma deb bilishini ko‘rsatadi”, deganini ta’kidladi.

Savyolovskiy tumani sudьyasi Boris Udov Navalniyning shikoyat arizasi ahamiyatsiz ekanligini aytdi.

“Interfaks” agentligi tarqatgan xabarga ko‘ra, VGTRK advokati Elena Zabralova sudda “Navalniy sud jarayonida ham, bugun ham, sud eshitishida ham tortishuvga sabab bo‘lgan dalillar shaxsiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘liqligini yoki bo‘htondan iborat ekanligini isbotlovchi dalil keltirmadi”, degan.

Navalniy esa o‘z saytida telekanalning argumentlaridan biri keltirilgan parchani qoldirdi. Unda Navalniyning qarshiligi sababsizligini, sababi o‘sha parchada uning ismi tilga olinmagani aytilgan.

VGTRK argumentida shikoyatchiga uchinchi taraflar bergan taxallusgina ishlatilgan, deyiladi.

Aslida esa ko‘rsatuvda Navalniyning ismi bir necha marta tilga olingan, uning suratlari ko‘rsatilgan. Muxolifatchi yuqoridagi argumentni shunday izohladi: “Bu odamlar butun mamlakatga meni Rossiyani cho‘ktirish uchun barcha razvedka xizmatlariga ishlovchi, millionlab pul oluvchi josus o‘laroq ko‘rsatishdi. So‘ngra, sudga kelib “Bu umuman Navalniy haqida emas”, deyishdi.”

Navalniyning sudning bu hukmi ustidan shikoyat qilishini qo‘shimcha qildi.

XS
SM
MD
LG