Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 19:32

Qirg‘iziston prezidenti Almazbek Atambaev musiqiy albom chiqarmoqchi


Atambaev prezidentlikdan ketganidan so‘ng¸ o‘zini to‘lig‘icha ijodga bag‘ishlamoqchi.
Atambaev prezidentlikdan ketganidan so‘ng¸ o‘zini to‘lig‘icha ijodga bag‘ishlamoqchi.

Qirg‘iziston prezidenti Almazbek Atambaev kelayotgan tug‘ilgan kunidan oldin o‘zi yozgan qo‘shiqlarni albom sifatida chiqarmoqchi. Prezident 17 sentyabr kuni 60 ga to‘ladi.

Qo‘shiqlarning aksari prezidentning boshdan kechirganlariga asoslanib yozilgan.

Atambaev ma’umiriyatining bildirishicha, albomga qirg‘iz va rus tilidagi 10 qo‘shiq kiritiladi. Xabarlarga ko‘ra, Atambaev allaqachon rus tilida besh qo‘shiqni tayyorlagan. Qirg‘izcha qo‘shiqlarni esa avgust oyidagi xizmat ta’tili davomida yozadi.

Shu kungacha prezident o‘zi yozib, o‘zi ijro etgan “Sudbe nazlo” hamda “Ya ne mogu bez tebya jit” qo‘shiqlari YouTubega yuklandi.

“Sudbe nazlo” qo‘shig‘i klipida Atambaevning o‘zi ko‘rinmaydi, uning ovozi kadr ortidan eshitiladi. Atambaev kuylashdan oldin bu qo‘shiqni uzoq yillar avval Moskvada yozganini va bu uning birinchi adabiy mashqi bo‘lganini aytadi.

Atambaev 2017 yilda prezidentlik muddati tugaganidan keyin siyosatni tark etib, ijod bilan shug‘ullanashi, jumladan, kitoblar yozishini bildirdi.

Markaziy Osiyoda prezidentlarning siyosatni tinch yo‘l bilan tark etishi deyarli kuzatilmaydi. Qirg‘izistondan boshqa biror davlat prezidenti o‘z lavozimini tinch tark etgani yo‘q. Tojikistonning ilk prezidenti fuqarolar urushi ortidan ketgan bo‘lsa, Turkmanistonning birinchi prezidenti tobutda ketdi.

Atambaevning qizi Aliya Shagieva Facebookda otasi bolaligidan musiqa bastalashni, she’r yozish hamda rasm chizishni xush ko‘rishi haqida yozdi.

Markaziy Osiyoning boshqa liderlari ham o‘zlarining ijodiy qobiliyatlarini ko‘z-ko‘z qilib turishadi.

Qo‘shni Turkmanistonda prezident Qurbonquli Berdimuhamedov 2011 yildayoq qo‘shiq bastalash va kuylash qobiliyatini ko‘z-ko‘z qilgan edi.

Asli kasbi tish doktori bo‘lgan Berdimuhamedov yozgan kitoblar esa fuqarolar o‘qishi shart bo‘lgan asarlar safiga kiritilgan.

Tojikistonda esa prezident Imomali Rahmon konsert va to‘y-hashamlarda mikrofonni qo‘lga olib, qo‘shiqchilarga jo‘r bo‘lib turadi¸ hassos raqqoslik qiladi.

Yil boshida Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboevning rasmiy saytiga uning o‘zi “yaratgan”i iddao qilingan 4 qo‘shiq yuklangan edi. Ayni paytda¸ Nazarboevning do‘mbira chalib¸ qo‘shiq kuylashga ishtiyoqi borligi eskidan ma’lum.

O‘zbekiston prezidenti Islom Karimov jamoatchilik oldida hozircha qo‘shiqchilik qilmagan bo‘lsa-da¸ rasmiy ommaviy tadbirlarda deyarli kanda qilmay "Lazgi" ga o‘ynab keladi.

Каримов Шанхай саммитини лазги билан қизитди
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:01:07 0:00

Xususan¸ Karimov 22-23 iyun kunlari Toshkentda bo‘lib o‘tgan Shanxay hamkorlik tashkiloti sammiti gala kontserti davomida ham eski an’anasiga ko‘ra¸ mehmonlari oldida Xorazm lazgisiga sho‘x-sho‘x muqom qildi.

XS
SM
MD
LG