Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 03:02

O‘zbekiston oliygohlari madrasa bitiruvchilaridan hujjat qabul qilmayapti


Andijondagi "Chinor" masjidi
Andijondagi "Chinor" masjidi

O‘zbekiston Musulmonlari diniy idorasi tasarrufidagi diniy ta’lim muassasalarini bitirganlar hujjatlarini oliygohlar qabul komissiyalari qabul qilmayapti.

Bu haqda Ozodlikka hujjatlari qabul qilinmayotgan bir necha bitiruvchi bir kunning o‘zida ma’lum qildi.

O‘zbekiston Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining qabul komissiyalari faoliyatiga mas’ul mulozimi izohiga ko‘ra, hozirga qadar musulmonlar idorasi vazirlikka hujjatlari qabul qilinishi kerak bo‘lgan diniy muassasalar ro‘yxatini yubormagan.

Ammo O‘zbekiston Musulmonlari diniy idorasi mas’uli Ta’lim vazirligi "qonunga xilof" ravishda ish tutayapti, degan fikrda.

Uning ishonishicha, Vazirlar Mahkamasining 2003 yilda qabul qilgan tartibiga muvofiq, barcha diniy muassasalar diplomlari bitiruvchilarni oliygohlarga qabul qilish uchun yetarlidir.

Sansalorlik

Ozodlikka murojaat qilgan Toshkentdagi o‘rta ta’lim islom bilim yurti bitiruvchisi poytaxtdagi oliygohlardan biri uning hujjatlarini hozirga qadar qabul qilmayotganidan shikoyat qildi.

Musulmonlar diniy idorasi (hujjatlarni) qabul qilishi kerak, deyapti. Oliy ta’limga bo‘ysinuvchi oliygohlar bunaqa diplomlarni vazirlik bersagina qabul qilamiz, deb aytishayapti,” deydi bitiruvchilardan biri.

Uning Ozodlikka aytishicha, uning barcha sobiq sinfdoshlari “xuddi shu muammoga duch kelayapti”.

Andijondagi “Sayyid Muhyiddin maxdum” islom bilim yurti bitiruvchisi ham Farg‘ona shahridagi oliygohlardan biriga hujjati qabul qilinmaganini aytdi.

U bilan ayni madrasini bitirgan sobiq sinfdoshi ham Ozodlikka Toshkentdagi universitetlardan biriga hujjatini topshira olmaganini bildirdi.

O‘zbekiston Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi mulozimi O‘zbekiston Musulmonlari diniy idorasi vazirlikka ro‘yxatdan o‘tgan madrasalar ro‘yxatini har yili yuborib turishi zarurligi, ammo hozirga qadar bunday ro‘yxat yuborilmaganini aytdi.

Ammo O‘zbekiston Musulmonlari diniy idorasi mulozimiga ko‘ra, Oliy va o‘rta ta’lim vazirligi mulozimining vaji - “qonunga xilof”.

2003 yilda qabul qilingan Vazirlar Mahkamasining qarori bor. Unda diniy ta’lim muassasasini bitirganlar diplomi dunyoviy muassasalar diplomiga tenglashtirilgan deyilgan. Universitetlar qabul komissiyalari hujjatlarni o‘zlaridan qo‘rqib olmayotgan bo‘lishlari mumkin. Dunyoda bo‘layotgan voqealar bor. Masalan o‘ylashi mumkinde...,” dedi O‘zbekiston Musulmonlari diniy idorasi xodimi.

E’tirof etilgan diplomlar

O‘zbekistonda e’tirof etilgan madrasalar ro‘yxati
O‘zbekistonda e’tirof etilgan madrasalar ro‘yxati

O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasining 2003 yil 22 avgustdagi "Din sohasidagi ma’naviy-ma’rifiy, ta’lim ishlarini va faoliyatni takomillashtirishda ijtimoiy ko‘mak va imtiyozlar berish to‘g‘risida"gi qaroriga ko‘ra, Toshkent Islom instituti va o‘rta maxsus islom bilim yurtlari bitiruvchilariga beriladigan diplomlar davlat ta’lim hujjati sifatida e’tirof etilgan.

Unda mazkur diniy muassasalarda joriy etilgan ta’lim standartlari, o‘quv rejalari hamda talabalarning qabul qilingan davlat me’yorlariga muvofiq diniy va dunyoviy bilimlar olayotgani inobatga olingan.

O‘zbekiston Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining Ozodlik tasarrufiga tushgan hujjati nusxasida oliygohlar rektorlari va filiallar direktorlariga hujjatlarni qabul qilishda "inobatga olish" zarur bo‘lgan mamlakat musulmonlari idorasi tasarrufidagi diniy muassasalar ro‘yxati ilova qilingan.

Mazkur ro‘yxatga O‘zbekistonda faoliyat olib borayotgan 10 ta diniy madrasa kiritilgan.

XS
SM
MD
LG