Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 23:01

Suriyadagi ba’zi o‘zbek jangarilari o‘z amiriga “ishonchsizlik" bildirmoqda


"Imom Buxoriy" katibasi rahbari o‘z o‘g‘li janozasida
"Imom Buxoriy" katibasi rahbari o‘z o‘g‘li janozasida

Suriyadagi asosan o‘zbeklardan iborat - "Imom Buxoriy" katibasining ba’zi jangarilari orasida shayx Salohiddin nomi bilan tanilgan katiba yetakchisiga nisbatan “ishonchsizlik kayfiyati” yuzaga kelgan. Bu haqda Ozodlikka “Imom Buxoriy” katibasini yaqindan biluvchi bir-biridan mustaqil manbalar ma’lum qildi.

Ushbu iddaolar "Imom Buxoriy" katibasi Tolibon harakatining yangi tayinlangan rahbariga bay’at qilgan bir paytda o‘rtaga chiqmoqda.

Ushbu manbalar iddaosiga ko‘ra, ba’zi o‘zbek jangarilari katiba amiri shayx Salohiddinni “odam o‘ldirish” va “josuslik”da gumon qilmoqda.

“Amirga ​ishonchsizlik kayfiyati yuzaga kelgan. Lekin bu haqda ochiq gapirilmaydi. Uni odam o‘ldirish va josuslikda gumon qilishayapti”, dedi Ozodlik manbalaridan biri.

Facebook tarmog‘idagi suhbat
Facebook tarmog‘idagi suhbat

Shuningdek, Ozodlik ixtiyoriga aftidan "Imom Buxoriy" katibasi jangarisi va uning tanishi – "Abu Yusuf" va "Abu Muhammad" - o‘rtasidagi Facebook tarmog‘idagi yozishma kelib tushdi.

14 iyulda bo‘lib o‘tgan ushbu yozishmada ham katiba yetakchisi shayx Salohiddinga qarshi ayni ayblovlar ilgari surilgan.

Ha, zavjasi bilan Saudiyada bo‘lgan vaqtdan boshlab xizmatda bo‘lgan, shu vaqtdan kofirlarga xizmatda”, deb yozadi "Abu Yusuf" "Imom Buxoriy" katibasi yetakchisi shayx Salohiddin haqida.

Biroq, Ozodlik hozirgacha mazkur iddaolarga mustaqil manbalar orqali oydinlik kirita olgani yo‘q.

Tolibon amiriga bay’at

Tolibon yangi rahbari
Tolibon yangi rahbari

“Imom Buxoriy” katibasi veb saytida 19 iyul kuni Toliblar harakatining yangi rahbari Mavlaviy Mulla Haybatulloh Oxunzodaga bay’at berilgani e’lon qildi.

"Amirul Mo‘minin shahid Mulla Muhammad Axtar Mansur rohimahulloh shahodatidan so‘ng Imom al Buxoriy katibasi ham Islomiy Imorat sho‘’rosi qarori asosida saylangan yangi Amirul Mo‘’minin Mavlaviy Mulla Haybatulloh Ohunzoda hafizahullohga birinchilardan bo‘lib bay’atini e’lon qildi," deyiladi veb sahifada.

“Imom Buxoriy” katibasi 2013 yildan buyon Suriyada Asad armiyasiga jang qilayotgan yirik isyonchi guruhlardan biri sifatida tanilgan.

Guruh jangarilari bir necha bor Ozodlikka bog‘langan va o‘tgan yil oktyabrida katibada 300 dan ortiq o‘zbek borligi bildirilgan edi.

Ammo, bu raqam boshqa mustaqil manbalar tomonidan tasdiqlanmagan.

Ammo, tahlilchilarga ko‘ra, jangarilar orasida talafotlarning yuqori bo‘lgani uchun “Imom Buxoriy” katibasidagi jangarilarning aniq raqamini aytish imkonsiz.

Ular aksariyatini janubiy qirg‘izistonlik va o‘zbekistonlik o‘zbeklar tashkil etishlari ishoniladi.

"Imom Buxoriy" guruhiga ham aynan Tolibon rahbariyatining ruxsati bilan asos solingan.

Namanganlik shayx

“Imom Buxoriy” guruhiga faqat shayx Salohiddin nomi bilangina ma’lum shaxs boshchilik qiladi.

So‘nggi yillarda katiba rahbari o‘zining diniy, siyosiy ma’ruzalari bilan internet foydalanuvchilariga tanildi.

Agar, shayx Salohiddinning o‘z videomurojaatlarida qilgan iddaolariga ishonilsa, u Suriyaga yo‘l solishdan avval uzoq muddat Afg‘onistonda bo‘lgan.

Toliblarning bir qancha liderlari bilan ham uchrashgan.

Xususan, o‘tmishda uning Toliblar yetakchilaridan biri Sirojiddin Haqqoniy bilan uchrashgani haqida ma’lumotlar bor.

Guruhning ba’zi jangarilari orasida amirlariga nisbatan ishonchsizlik kayfiyati paydo bo‘lgani haqida Ozodlikka xabar bergan manbalardan biri shayx Salohiddin haqida hozirga qadar ko‘pchilikka noma’lum ma’lumotni oshkor qildi.

Manbaga ko‘ra, shayx Salohiddin aslida O‘zbekistonning Namangan shahrida ulg‘aygan 42 yoshli Akmal Jo‘raboevdir.

"Ko‘p yillar Afg‘onistonda bo‘lgan. Keyin o‘zining ikki-uchta yaqin sherigi bilan, "O‘zbekiston Islomiy Harakati" rahbarlari bilan kelisha olmay, Turkiya orqali Suriyaga ketgan," dedi “Imom Buxoriy” katibasini yaqindan biluvchi Ozodlik manbasi.

XS
SM
MD
LG