Линклар

Шошилинч хабар
23 апрел 2024, Тошкент вақти: 15:33

Andijonda o‘qituvchilar oylik va ta’til pulisiz "ta’til"ga chiqarildi


Andijon viloyati Oltinko‘l tumanidagi 48-maktab o‘qituvchilari so‘nggi oy maoshi va ta’til pulini ololmayotir. O‘qituvchilarga ko‘ra, rasmiylar byudjetda pul yo‘qligini aytib, o‘qituvchilardan sabr qilishni so‘rashgan. Ozodlik suhbatlashgan rasmiylar bu shikoyatni rad qilishga urindi.

Ozodlikka kelgan maktublardan birida Oltinko‘l tumanidagi 48-umumta’lim maktabi o‘qituvchilari maosh va ta’til pulini ololmayotganidan arz qildi.

“Hurmatli Ozodlik, bizga otpuska (tatil) pullarimiz kechikmoqda. Hademay mustaqillik bayrami, yangi o‘quv yili boshlanadi. Biz esa tugagan o‘quv yilining hali maosh va ta'til pullarimizni olganimiz yo‘q”, deb yozadi o‘qituvchilar.

Ismi sir qolishini so‘ragan 48-maktab o‘qituvchilaridan biri, rasmiylar pul yo‘qligini kurakda turmaydigan bahonalar bilan izohlashayotganini aytadi:

“Mana Sherzodbek degan buxgalterimizdan so‘rab ko‘ring. Unga tuman moliya bo‘limidan aytishlaricha, go‘yoki terilgan o‘tgan yilgi paxta sotilmayotgan emish. Paxtaning maoshimizga nima aloqasi bor? Bizga to‘g‘ridan-to‘g‘ri byudjetdan pul ajratiladiku? Nima, paxta sotilmasa maoshsiz qolamizmi, endi? Har yili kuzda paxtasini ham terib bersak, u sotilmasa bizda nima ayb?”, deydi o‘qituvchi.

Andijon viloyati Oltinko‘l tumani Xalq ta’limi bo‘limi boshlig‘i Anvarjon Nazarov Ozodlikning bu shikoyatga munosabat bildirish so‘roviga javoban¸ uni mutlaq inkor qilishga urindi.

“Biz birinchi va ikkinchi potokda ta’tilga chiqqan o‘qituvchilarning hammasining maoshi va ta’til pullarini berib bo‘lganmiz. Kuni-kecha uchinchi potokning ham ta’til pullarini berdik. Bu yerda hech qanday muammo yo‘q. O‘qituvchilar noshukur bo‘lmasligi kerak, zero ular bizning yosh avlodning tarbiyachilaridir”, dedi Anvarjon Nazarov.

O‘zbekistonda og‘irlashib borayotgan naqd pul taqchilligi bois maoshi to‘lig‘icha plastik kartochkaga o‘tkazilgan ta’lim sohasi xizmatchilariga naqdsiz to‘lovlarning ham oylab kechikayotgani kuzatilmoqda.

Ayni paytda¸ naqd va naqdsiz maosh bera olmay qolgan hududlarda oylik o‘rniga lampochka, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining bozordan ancha qimmat narxda tarqatilaëtgani haqida ma’lumotlar bor.

Xususan¸ joriy yilning may oyida Qoraqalpog‘istonning Nukus tumanidagi maktab o‘qituvchilariga maosh o‘rniga jo‘ja berilgan edi.

XS
SM
MD
LG