Линклар

Шошилинч хабар
28 март 2024, Тошкент вақти: 20:18

Germaniya politsiyasi: O‘zini atayin portlatib yuborgan hujumchi halok bo‘ldi


Germaniya rasmiylari Ansbax shahridagi portlash oqibatida 12 kishi yaralanganini aytmoqdalar.
Germaniya rasmiylari Ansbax shahridagi portlash oqibatida 12 kishi yaralanganini aytmoqdalar.

Germaniya janubida joylashgan Ansbax shahri politsiyasining bildirishicha, ochiq havoda o‘tkazilgan musiqa festivali yaqinida suriyalik qochqin o‘zi bilan olib kelgan bomba portlab ketganidan keyin halok bo‘lgan.

Portlash 24 iyul kuni kech sodir bo‘lgan. Politsiya e’lon qilgan bildiruvda “Hozirgacha olingan ma’lumotlarga ko‘ra, hujumchi halok bo‘lgan”, deyiladi.

Bavariya ichki ishlar vaziri Yoaxim Xermann gumonlanuvchi 27 yoshli suriyalik qochqin ekanligini, u Germaniyaga ikki yil avval kelganini aytdi. Bir yil avval unga siyosiy boshpana bermaslik haqida qaror chiqqan. Ammo Suriyadagi urush sabab unga Germaniyada qolishga izn berilgan.

Xermannning aytishicha, gumonlanuvchida chiptasi bo‘lmagani uchun uni festivalga kiritishmagan. Buning ortida u o‘zini portlatib yuborgan.

Xermann gumonlanuvchining maqsadi boshqalarni o‘ldirish bo‘lganmi yoki xudkushlik qilishmi - hozircha noma’lum ekanligini qo‘shimcha qildi. Vazirning ta’kidlashicha, qochqin bundan avval ikki marta o‘z joniga qasd qilishga uringan.

Xermann rasmiylar portlash ekstermistik hujum ekanligini istisno qilmayotganini bildirdi.

Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, portlash oqibatida kamida 12 odam yaralangan. Ularning uch nafari jiddiy jarohat olgan.

Politsiya musiqa festivaliga kelgan 2000 dan oshiq odamni evakuatsiya qilgan hamda hodisa joyini qurshab olgan.

Germaniyada keyingi paytda bu kabi hujumlar tez-tez sodir bo‘lmoqda.

24 iyul kuni ertalab Roytlingen shahrida suriyalik boshqa bir qochqin xanjar bilan bir ayolni o‘ldirdi, yana ikki odamni yaraladi.

22 iyul kuni esa kelib chiqishi eronlik bo‘lgan 18 ga chiqqan shaxs Myunxen shahrida 9 kishini otib o‘ldirdi. 18 iyul kuni esa siyosiy boshpana so‘rab kelgan 17 ga to‘lgan pokistonlik poezdda bolta va pichoq bilan besh odamni yaraladi.

XS
SM
MD
LG