Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 15:35

"Migratsiya politsiyasi hujjatli o‘zbekni ham deport bilan qo‘rqitib¸ pora oladi"


Rossiyadagi migratsiya jaraënini tartibga solish joriy yildan boshlab politsiya vakolatiga o‘tgani mehnat muhojirlariga qimmatga tushmoqda. Ozodlik suhbatlashgan o‘zbekistonlik mehnat muhojirlari ichki ishlar xodimlarining o‘zlariga nisbatan muomalasi keskin ëmonlashgani, olinayotgan “politsiya solig‘i stavkasi” oshganini aytmoqda.

Joriy yil aprelida Rossiya prezidenti Vladimir Putin qarori bilan Federal migratsiya xizmati va Narkotiklarni nazorat qilish federal xizmati tarqatildi va ular vakolatlari 1 iyundan boshlab Ichki ishlar vazirligiga o‘tdi.

Politsiya tarkibida Migratsiya masalalari bo‘yicha boshqarma tuzilishidan salkam ikki oy o‘tib¸ Rossiyada mehnat qilayotgan muhojirlar migratsiya masalasidagi vaziyatning salbiy tomonga o‘zgarib borayotganidan shikoyat qilmoqda.

Ozodlikka murojaat qilgan Moskvadagi “Yordam” Inson huquqlari himoyasi tashkiloti faoli Rahmiddin Kamolov iddaosicha¸ Rossiya poytaxtining “Veshnyaki” ichki ishlar bo‘limida mehnat muhojirlaridan ochiqchasiga pul talab qilinmoqda:

Rahmiddin Kamolovning o‘zi bundan ikki yil oldin Moskvada taqirboshlar tomonidan pichoqlab ketilgan edi
Rahmiddin Kamolovning o‘zi bundan ikki yil oldin Moskvada taqirboshlar tomonidan pichoqlab ketilgan edi

- “Veshnyaki” politsiya bo‘limidagilar juda ham o‘zidan oshib ketgan. Men shaxsan o‘zbek-tojiklarni juma-shanba kuni otdeleniega olib kelishib¸ hujjati bor-yo‘qligiga qaramay¸ yolg‘ondan “deport qilaman” deb turvolishiga bir necha marotaba guvoh bo‘ldim. O‘zbek-tojiklar qo‘rqqanidan 5-10 ming berib chiqib kelishayapti. O‘rtog‘im ertalabki 8 dan kechki 11 gacha o‘tirgan, keyin “Seni deport qilamiz!” deb qo‘rqitishgan ekan 5 ming rubl pul beribdi. Kechagi bolalarda viloyat FMSidan olingan vaqtinchalik qochqinlik hujjatlari bor. “Qog‘ozlaring falshiviy”, deb do‘q qilishibdi, deydi Rahmiddin.

Huquq faoli politsiya xodimlarining noqonuniy tarzda hibsga olayotgani to‘g‘risida telefonga yozib olingan audioyozuvni Ozodlikka taqdim etdi. Unda politsiya xizmatchisining o‘ta qo‘pol tarzda mehnat muhojirini haqorat qilayotganini eshitish mumkin.

- Sen axmoqmisan, tushunmayapsan?! Hujjatingda Dog‘istonning qalbaki muhri!

- Bu Dog‘iston emas, Ozarbayjon muhri. Dog‘iston Rossiyaga kiradiku!

- Og‘zingni yop! Nax.., men seni hozir... E, tushundingmi meni, kallanga tushirmasimdan og‘zingni yop!

024790 рақамли жетон эгаси бўлган "Вешняки" полиция бўлими ходими билан муҳожир суҳбати
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:02:32 0:00
Бевосита линк

Bu politsiya xodimining hujjatlari joyida bo‘lgan muhojir bilan suhbatidan parcha edi.

Rahmiddin Kamolov so‘nggi yillarda Rossiya hukumati tomonidan politsiya xodimlariga berilgan vakolatlar ularning korrupsiyalashishiga keng yo‘l ochgani, politsiyachining asosiy daromadi aynan ko‘chada ushlangan migrantlardan olingan “o‘lpon”dan iborat ekanini aytadi.

Suhbatdoshga ko‘ra¸ keyingi paytlarda barcha politsiya bo‘limlarida “stavkalar” ham keskin oshgan:

- Qonunan deport qilishga haqqi bo‘lmasa ham, politsiya xodimlari printsipga turib olishsa – hujjati joyida bo‘lgan taqdirda ham deport qila olishadi! Hujjatlari joyida bo‘lgan va deport bo‘lgan o‘zbeklarni ko‘pini ko‘rdik, shunga o‘zbeklar qo‘rqib qolgan. Bunaqa qonunbuzarliklar¸ asosan¸ O‘zbekiston vatandoshlariga nisbatan qo‘llanilmoqda, tojikistonliklarga nisbatan emas. Chunki Tojikiston elchixonasi, boshqa tojik huquq faollari juda faol. O‘zbek muhojirlari huquqlarini himoya qiluvchi O‘zbekiston elchixonasi, o‘zbek huquq faollari yo‘q, bo‘lsa ham uni migrantlar bilmaydi. 4 mingdan 15 minggacha bervorayapti qo‘rqqanidan. Rossiyada ishlash ham foydasiz bo‘lib qoldi: chiqib ketayapti ko‘pchilik. Hujjatni ham qilasiz, ham mana bunaqa iflos politsiya xodimiga pora berishga majbursiz. Shunaqa bespredel bo‘lib qolgan bu erda, deydi Rahmiddin.

Suhbat davomida huquq faoli politsiyachilarning muhojirlarga nisbatan bosimi kuchayishi ular orasida hujjatsiz va noqonuniy tarzda yurganlar sonini keskin oshishiga olib kelganini ham ta’kidladi.

Ҳуқуқ фаоли Раҳмиддин Камолов билан суҳбат
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:06:35 0:00
Бевосита линк

Ozodlik suhbatlashgan Rayimjon Moskvadagi oshxonalardan birida 1,5 yildan beri ishlaydi. Oshpaz yigit hozirgi kunda hujjati bor ham, hujjati yo‘q ham politsiyaga pul berishga majbur ekanini tasdiqlaydi:

- Hujjatlar joyida bo‘lsa ham politsiya baribir “choy puli” oladi. Melisalar har xil: bir xillari 500 rubl talab qilishadi, nafsi chatoqlari 2 ming, 5 minggacha so‘rashadi. “Yo‘q, yo‘q”, deb tursangiz o‘zidan-o‘zi 500 rublga tushiradi va shuni berib qutuladi. Dokumentingiz toza bo‘lsa ham ushlab o‘tiradi, “mozgingizni” qotirib. Eng kami 500 rubl. Politsiyaga qaraganda FMS tuzukroq edi - dokumentlar toza bo‘lsa FMS darrov qo‘yib yuboradi. Politsiya sutkalab olib o‘tirishi mumkin, dedi Rayimjon.

Ayni paytda, Rossiya prezidenti Vladimir Putin Ichki ishlar vazirligi xodimlari sonini yana 65 ming kishiga oshirgani e’lon qilindi.

Bugunga kelib Rossiya Ichki ishlar vazirligi tarkibida 1 million 68 ming xodim bor, undan tashqari bevosita prezidentga bo‘ysinuvchi yana 400 ming kishilik Milliy Gvardiya ham mamlakat ichkarisida tartib saqlashga vakolatlidir.

XS
SM
MD
LG