Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 19:32

O‘zbekistonda Mustaqillik bayrami oldidan archalar bo‘yalmoqda


Bo‘yalgan archa. Farida Sharifullina olgan surat.
Bo‘yalgan archa. Farida Sharifullina olgan surat.

1 sentyabrda nishonlanadigan Mustaqillik kuni arafasida Toshkentda qurib qolgan archalarni bo‘yamoqdalar.

Kumushrang tovlanadigan bo‘yoq bilan qoplangan archalar suratini toshkentlik Farida Sharifullina olib, ijtimoiy tarmoqlardagi o‘z sahifasida e’lon qildi. Muallifga ko‘ra, surat poytaxtdagi “Kamolot” stadionida olingan va bunday archalar o‘yingohda o‘nlabdir.

Toshkentdagi bo‘yalgan archa
Toshkentdagi bo‘yalgan archa

O‘zbekistonda aholini jazirama issiqdan himoya qilib kelgan chinorlar va sersalqin boshqa daraxtlar bir necha yildan beri kesilib, ular o‘rniga archa ekilmoqda.

Majburlab ektirilgan archalar suvsizlikdan qurib qolmoqda
Majburlab ektirilgan archalar suvsizlikdan qurib qolmoqda

Igna bargli daraxtlar mahalliy iqlimga to‘g‘ri kelmasligi, salqini yo‘qligi, o‘zida chang to‘plab o‘ta xunuk ko‘rinish kasb etishi, suvsizlikdan qurib qolishiga qaramay korxona, tashkilot, muassalalarni archa ekishga majburlash davom etmoqda.

O‘zbekistonda maysani ham bo‘yaydilar
O‘zbekistonda maysani ham bo‘yaydilar

Qurib, qovjirab qolgan butalarni vaqti-vaqti bilan bo‘yab turadilar.

Archa bo‘yaganlarning aytishicha, bitta butani bo‘yashga 6 ballon aerozol bo‘yoq ketadi.

XS
SM
MD
LG