Линклар

Шошилинч хабар
25 апрел 2024, Тошкент вақти: 04:51

"To‘rtko‘lda ichimlik suvi yo‘q, zaxkash suvini ichyapmiz"


Qoraqalpog‘istonning To‘rtko‘l tumanidan Ozodlikka telefon qilib o‘zini Arslon, deb tanitgan yigit quyi Amudaryo hududida toza ichimlik suvi ta’minoti ahvoli keskin yomonlashganini aytdi. Unga ko‘ra, to‘rtko‘lliklar yozning chillasida er osti suvini iste’mol qilishga majbur bo‘lmoqda.

To‘rtko‘llik Arslonning aytishicha, ichimlik suvining yomonligi Qoraqalpog‘iston va Xorazmda aholi salomatligiga jiddiy ta’sir etyapti.

Uning aytishicha, plastik idishlarga qadoqlangan suvning narxi esa, shu kunlarda osmonga o‘rlab ketgan.

Qadimda Qoraqalpog‘iston va Xorazmda aholi suvni quduqlardan ichgan.

- Bugungi kunda esa viloyatda quduqlar qurib qolgan, qurimaganlaridagi suv esa ichishga yaramaydigan axvolda, - deydi to‘rtko‘llik Arslon.

Тўрткўлда ичимлик суви йўқ
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:02:29 0:00
Бевосита линк

Mutaxassislar so‘nggi vaqtlarda ichimlik suvi sifatsizligi bois, kattalar va yosh bolalar orasida urologik kasalliklar, buyrak va siydik yo‘llarida tosh paydo bo‘lishi kabi holatlar ko‘payganini aytishmoqda.

XS
SM
MD
LG