Линклар

Шошилинч хабар
28 март 2024, Тошкент вақти: 17:57

Tramp: Qrimni Rossiyaniki deb tan olish haqida o‘ylab ko‘rgan bo‘lardim!


Respublikachilar nomzodining Putin va uning oligarxlariga yaqinligi haqidagi gumonlar ortidan litvalik rassom Vilnyus markazidagi restoran devoriga chizgan karikatura.
Respublikachilar nomzodining Putin va uning oligarxlariga yaqinligi haqidagi gumonlar ortidan litvalik rassom Vilnyus markazidagi restoran devoriga chizgan karikatura.

AQSh prezidentligiga Respublikachilar partiyasining rasmiy nomzodi Donalьd Tramp saylovda g‘olib chiqsa, anneksiya qilingan Qrim yarim orolini Rossiya hududi deb tan olish haqida o‘ylab ko‘rishini aytdi.

31 iyul kuni ABC telekanaliga bergan intervyusida Tramp¸ “Men bu masalaniko‘rib chiqaman. Lekin eshitishimcha, Qrim aholisi Ukrainadan ko‘ra Rossiya bilan birga bo‘lishni xohlar ekan. Buni ham inobatga olish kerak”, dedi.

Obama ma’muriyati 2014 yil bahorida Qrimning Rossiya tomonidan anneksiya qilinganini tan olgan emas.

Respublikachi nomzod suhbat davomida Rossiya prezidenti Vladimir Putinning Ukraina ichki ishlariga aralashmaganiga ishonishini ham bildirdi.

Avvaliga Tramp “Sizga tushunarli bo‘lishi uchun, [Putin] Ukrainaga bostirib kirmaydi¸ to‘g‘rimi. Buni kerak joyga qayd qilib oling yoki yozib oling. Bundan xohlaganingizdek foydalanishingiz mumkin”, dedi.

Suhbatdoshi savollaridan keyin “Xo‘sh, to‘g‘ri, u qaysidir ma’noda Ukrainaga kirib bordi, lekin men hali u yerga borganim yo‘q”, deya ta’kidladi. Aftidan, bu gapi bilan nomzod hali AQSh prezidenti etib saylanmaganini nazarda tutdi.

Tramp bu gapidan so‘ng “dunyoning o‘sha burchagidagi bosh-boshdoqlik” uchun AQSh prezidenti Barak Obamani aybladi.

Tramp yana Respublikachilar partiyasining Ukrainaga berilayotgan yordam ko‘lamini ozaytirish qaroriga aloqasi yo‘qligini aytdi.

Tramp tarafdorlari o‘tgan oygi Respublikachilar milliy qurultoyida rossiyaparast ayirmachilarga qarshi kurash uchun Kiev hukumatiga qurol-aslaha berish haqidagi taklifni partiyaning xorijiy siyosat dasturiga kiritmaslikka muvaffaq bo‘ldi.

Tramp Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan hech qanday aloqasi yo‘qligini, u bilan uchrashmaganini yoki telefon orqali suhbatlashmaganini qo‘shimcha qildi.

Ayni paytda¸ Tramp saylov kampaniyasi menejeri, siyosiy strateg Pol Manador Ukrainaning rossiyaparast sobiq prezidenti Viktor Yanukovich uchun lobbichilik qilgan.

XS
SM
MD
LG