Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 17:44

Andijonda sel 11 ta uyni vayron qildi


Andijon tumani, Bo‘taqora qishlog‘idagi sel oqibatlari
Andijon tumani, Bo‘taqora qishlog‘idagi sel oqibatlari

Andijon viloyati Andijon tumanining Bo‘taqora qishlog‘iga shanba kuni bosib kelgan sel juda katta talafotga sabab bo‘ldi. Ozodlik manbalarining aytishlaricha, yuzdan ortiq hovliga jiddiy shikast yetgan, 11 xonadonning uylari yaroqsiz holga kelgan. Ayni paytda, qishloq ahli bu uylarni buzib, boshqatdan uy qurib berish hasharini boshlab yuborgan. Aholi mahalliy hokimiyatdan tegishli yordam ololmayotganidan shikoyat qilmoqda.

Andijon tumanining Bo‘taqora qishlog‘iga 29 iyul kuni kechki payt soat sakkiz yarimda birdan bostirib kelgan sel, yuzdan ortiq xonadonga shikast yetkazdi.

Andijon tumani, Bo‘taqora qishlog‘idagi sel oqibatlari
Andijon tumani, Bo‘taqora qishlog‘idagi sel oqibatlari

​Kuchli va davomli yoqqan yomg‘ir qishloq tepasidagi kanallar va adirlardan tushadigan jilg‘alarni to‘ldirib, toshirib yuborgan. Natijada, sel Bo‘taqora qishlog‘ining ko‘chalarini loyqa bilan to‘ldirib oqa boshlagan.

Bo‘taqora qishlog‘i fuqarolar yig‘ini raisi Adhamjon To‘xtamatovning aytishicha, sel hamma joyga zarar yetkazgan:

Andijon tumani, Bo‘taqora qishlog‘idagi sel oqibatlari
Andijon tumani, Bo‘taqora qishlog‘idagi sel oqibatlari

- Odamlarga, chorvaga zarar yetmadi. Lekin parrandalarning kataklari yiqilib, tagida qolib ketgan, podvallarga, ogorodlarga loyqa to‘lgan, devorlar ag‘anagan, naveslar, tandir-o‘choqlar qulab tushgan, odamlarning yotadigan uylarigacha loyqa kirib ketib, zarar keltirgan. Ayni paytda uylari butunlay yaroqsiz holatga kelgan 11 xonadon aniqlandi. Ularni vaqtincha boshqa joydagi uylarga ko‘chirdik. Endi ularning uylarini buzib tashlab, hashar yo‘li bilan qaytadan qurib beramiz, dedi oqsoqol.

Uylari buzilishga tushgan odamlarga yordam berish mas’uliyati fermerlarga yuklab qo‘yilgan.

Andijon tumani, Bo‘taqora qishlog‘idagi sel oqibatlari
Andijon tumani, Bo‘taqora qishlog‘idagi sel oqibatlari

Adhamjon To‘xtamatovning aytishicha, viloyat favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xodimlari sel oqibatlarini tugatishda katta yordam bermoqda:

- MChS juda zo‘r yordam beryapti, nafaqat tumandan, balki butun viloyatdan texnikani chaqiryapti. Kavlaydigan, suradigan, suv tashiydigan, dezinfektsiya qiladigan texnikalar olib kelingan. Mahalla raislari har kuni ertalab, ularga nima kerakligi haqida zayavka beryapti va o‘shanga qarab texnika ajratilyapti, dedi QFY oqsoqoli.

Andijon tumani, Bo‘taqora qishlog‘idagi sel oqibatlari
Andijon tumani, Bo‘taqora qishlog‘idagi sel oqibatlari

Ammo, Ozodlik suhbatlashgan bo‘taqoralik vatandoshning aytishicha, hokimiyatdan hech qanday yordam bo‘lmayapti:

“Sel o‘nlab uylarni vayron qildi. Odamlar juda ham katta zarar ko‘rdi. Lekin hech kimdan yordam ololganimiz yo‘q. MChSning bir o‘zi bu ishni uddalay olmayapti. Holat tang. Uylari tamoman buzilgan odamlar yaqin qarindoshlari yoki tanishlarining uylarida vaqtincha yashamoqda”, dedi bo‘taqoralik vatandosh.

Andijon tumani, Bo‘taqora qishlog‘idagi sel oqibatlari
Andijon tumani, Bo‘taqora qishlog‘idagi sel oqibatlari

Bo‘taqoralik oqsoqollar shu vaqtgacha qishloqni to‘rt marta sel bosganini eslashlarini aytishadi. Lekin, ularga ko‘ra, shu paytgcha bunday katta ofat keltirgan bunday selni ko‘rishmagan ekan.

O‘zbekistonda yoz oylarida sel kelishi juda kam kuzatiladi. Sellar, ayniqsa, bahor oylarida ko‘p bo‘ladi.

O‘zbekistonda 10 maydan 16 maygacha yoqqan kuchli yomg‘ir oqibatida Namangan, Surxondaryo, Navoiy, Toshkent viloyatlaridagi qator tumanlarda hamda poytaxtda turar joy binolari, transport kommunikatsiyalari zarar ko‘rgan, jabrlangan odamlar bo‘lgan.

10 may kuni Namangan viloyatining Pop tumanidagi Chodak aholi punktida 85 xo‘jalikni suv bosgan, 1 uy vayron bo‘lgan. Bu aholi punktidan 205 odam xavfsiz joyga ko‘chirilgan.

10-11 may kunlari Surxandaryoning Uzun va Sariosiyo tumanlarida 46 xo‘jalik suv ostida qolgan. Bu tumanlardan 342 odam xavfsiz joyga ko‘chirilgan va ularga 15 qop un, 48 kilo gurunch hamda 1 million so‘m miqdorida yordam ko‘rsatilgan.

11 may kuni Toshkentning Ohangaron tumanida yoqqan jala oqibatida "Guliston - O‘sh" avtoyo‘lining 155-kilometri yuvilib ketgan.

15-16 may kunlari Namangan viloyati Pop tumani Chodak aholi punktida kuchli jala oqibatida yana 58 xo‘jalikni suv bosgan.

16 may kuni Navoiy viloyati Konimex tumanida “Toshkent-Urganch” temir yo‘lining 157 kilometri zarar ko‘rgan. Shu kuni Toshkent shahri Sergeli tumanida yomg‘ir oqibatida 28 xo‘jalikni suv bosgan.

XS
SM
MD
LG