Линклар

Шошилинч хабар
18 апрел 2024, Тошкент вақти: 19:32

Qoraqalpog‘istonda 60 hasharchi tushgan avtobus halokatga uchradi, 27 kishi kasalxonada


Maorif va tibbiyot xodimlaridan iborat 60 kishilik hasharchilar guruhi 1988 yilda ishlab chiqarilgan "PAZ" avtobusida yo‘lga chiqqan.
Maorif va tibbiyot xodimlaridan iborat 60 kishilik hasharchilar guruhi 1988 yilda ishlab chiqarilgan "PAZ" avtobusida yo‘lga chiqqan.

Qoraqalpog‘istonning Qorao‘zak tumanida g‘o‘zani chekanka qilishga odam tashiyotgan avtobus halokatga uchrab, 27 kishi shifoxonaga tushdi. 4 kishining jarohati og‘ir ekani aytildi. Hokimlikka yaqin manbadan olingan ma’lumotga ko‘ra, avtobusdagi 60 ga yaqin o‘qituvchi paxta chilpigani ketayotgan edi. Rasmiylar halokat avtobusning o‘ta eskiligi va haydovchining aybi bilan sodir bo‘lgan, demoqda.

O‘zbekiston Inson huquqlari alьyansi tarqatgan ma’lumotga ko‘ra, avtobus halokati 2 avgust kuni Qoraqalpog‘iston respublikasining Qorao‘zak tumanida sodir bo‘lgan.

Alьyans "Avtobusda 60 dan ortiq o‘qituvchi va tibbiyot xodimlari majburan paxta dalasiga olib ketilayotgan edi. Falokat natijasida 22 kishi og‘ir jarohatlar bilan shifoxonaga tushdi. Bu hodisa Qoraqalpog‘iston IIV tomonidan tasdiqlandi", deb xabar tarqatdi.

Bu xabar ortidan aniqlanishicha, avtobusdagi yo‘lovchilar tumandagi sport maktablaridan birining o‘qituvchi va texnik xodimlaridan iborat bo‘lgan.

Tuman hokimligiga yaqin manba hodisada aslida 27 kishi jarohatlangani va ulardan 4 nafarining jarohati og‘ir ekanini tasdiqladi:

"27 kishi shifoxonaga tushgan, 4 tasini ahvoli og‘ir. Qolganlari engil jarohatlar bilan tezda chiqib ketgan shifoxonadan. Avtobusda 60 kishi atrofida bo‘lgan. G‘o‘za chekankasiga ketayotgan hasharchilar bo‘lgan", dedi Qorao‘zak tumani hokimligiga yaqin manba.

Halokatga haydorvchisi mast bo‘lgan avtomobilning avtobusga qarshi kelgani va natijada, avtobus haydovchi boshqaruvni yo‘qotib qo‘yib, yo‘l chetiga chiqib ketgani sabab bo‘lgani aytildi.

O‘ta eskirib ketgan avtobus ag‘darilgan va uning ichidagi hasharchilarning aksariyati turli jarohatlar olgan. Og‘ir ahvoldagi 4 kishining umurtqasi singani va boshqa a’zolari og‘ir lat yegani aytilmoqda.

Ammo, Qorao‘zak tumanining halokat paxta chilpishga safarbar qilingan o‘qituvchi va texnik xodimlar bilan sodir bo‘lganini tasdiqlagan rasmiylari majburiy mehnatga jalb qilinayotgan "hasharchilar" va ularning xavfsizligini ta’minlash bilan bog‘liq savollarni yana ochiq qoldirdi.

Ayni paytda O‘zbekistonning turli viloyatlarida davlat idoralari va boshqa byudjet tashkilotlari ishchilarining paxta dalalariga majburan yo‘llanayotgani kuzatilmoqda. Rasmiylar "hasharchilar" deb atayotgan bu ishchilar paxtani chopish, yagona qilish va yoz oylariga kelib chilpishga majburan safarbar qilinmoqda.

Muhimi, majburan dalaga yo‘llanayotgan ishchilar bilan sodir bo‘layotgan avtoavariyalar haqida ham muntazam xabarlar kelib turibdi. Odatda bunday avtohalokatlarga haydovchilar aybdor qilib ko‘rsatilmoqda.

Xususan, Qorao‘zakdagi navbatdagi avtohalokat yuzasidan ham jinoyat ishi ochilgani va bunda avtobus haydovchisi asosiy aybdor sifatida ko‘rilayotgani rasman aytildi.

XS
SM
MD
LG