Линклар

Шошилинч хабар
16 апрел 2024, Тошкент вақти: 18:45

O‘zbekistondagi paxta tozalash zavodlarida qo‘shib yozishlar fosh qilindi


Andijon viloyatidagi Chinobod paxta tozalash zavodida ham elektron tarozi o‘rnatilgani aytildi.
Andijon viloyatidagi Chinobod paxta tozalash zavodida ham elektron tarozi o‘rnatilgani aytildi.

O‘zbekistondagi paxta tozalash korxonalarida 2015-2016 yillar hosili yuzasidan o‘tkazilgan taftish jarayonida milliardlab so‘m kamomad aniqlangani ma’lum bo‘ldi. Ozodlikning O‘zbekiston paxta sanoati sohasidagi manbalarining aytishicha¸ yo‘q paxtani qo‘shib yozish va zavod mablag‘larini maqsadsiz sarflash oqibatida 11 ta paxta zavodida kamomad aniqlangan.

“O‘zpaxtasanoat” davlat aksiyadorlik jamiyatidagi Ozodlik manbasining aytishicha¸ respublikadagi paxta xom ashyosini qabul qiladigan 424 punkt va 100 dan ortiq paxta tozalash zavodlarida yangi mavsum oldidan yalpi tekshiruv o‘tkazilgan:

- Bu - yangi mavsum oldidan o‘tkaziladigan rejadagi taftish. Ammo bu yilgi taftishda kamomad chiqqan zavodlar soni o‘ndan ortiq. 424 paxta qabul qilish punktining aksariyatida tarozilar ataylab buzib qo‘yilgan. Daftardagi raqam bilan haqiqiy ahvol o‘rtasida tafovut katta¸ dedi manba.

Uning yana aytishicha¸ paxta tozalash zavodlarida milliardlab so‘m kamomadni yopishga harakat qilayotgan bir nechta rahbar va kamomadni yopishga uringan revizorlar ustidan jinoiy ish ochilgan.

Ozodlikda ustidan jinoiy ish ochilgan zavod mulozimlari va revizorlarning ism-familiyalari mavjud.

“O‘zpaxtasanoat” shirkatidagi manbaning aytishicha¸ 3 ta paxta tozalash zavodi rahbariyati so‘nggi 4 yilda soliqlardan qarz bo‘lib qolganiga qaramasdan, davlat mablag‘larini zavod uchun kerak bo‘lmagan sohalarga sarflagan:

-Tekshiruv chog‘ida Xorazmdagi paxta tozalash zavodlaridan biri tuman hokimining buyrug‘i bilan zavodning pulini namunali uylar qurilishi uchun o‘tkazgan. Ayni zavodda ishchi xizmatchilarga berilgan namunaviy uy-joylarning boshlang‘ich to‘lovi zavod kassasidan qoplangan.

Ozodlikning Xorazm viloyati huquq-tartibot organlaridagi manbalari bu ma’lumotni tasdiqladi. Ularga ko‘ra, Respublika moliya vazirligi bu borada tekshiruv o‘tkazib, zavodning 2015 yil uchun moliyaviy hisobotini qoniqarsiz, deb topgan.

“O‘zpaxtasanoat” davlat aksiyadorlik jamiyatidagi Ozodlik manbasining aytishicha¸ paxta tozalash zavodidagi keng ko‘lamli taftish ortidan tarozilarni almashtirish haqida farmoyish berilgan:

- Yangi mavsum uchun paxta qabul qilishning yangi tizimi joriy etildi. Paxtani kompyuterli tarozilarda tortish tizimiga o‘tish haqida farmoyish chiqdi. O‘tgan yili paxta mexanik tarozida tortilgani bois turli xatoliklar va hiylagarliklar bo‘lgan. Korrupsiya yuzaga kelish ehtimoli yuqori edi. Yangi texnologiyada tarozibon bo‘lmaydi. Paxta avtomatik tortiladi. Mexanik tarozilarni elektron tarozilarga almashtirish bilan paxtani o‘lchashdagi korruptsiyaga barham berilishi kutilmoqda, - deydi manba.

Ozodlik ixtiyoridagi hujatlarga ko‘ra¸ shu kunlarda Chinobod¸ Urganch va Poytug‘ paxta tozalash zavodlarida tarozilar almashtirilgan.

XS
SM
MD
LG