Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 07:30

Milliard dollarlik pora janjali ortidan MTS O‘zbekistondan chiqib ketishga qaror qildi


O‘zbekiston hukumati bilan xalqaro arbitraj sudlarida olib borilgan ikki yillik tortishuvdan so‘ng¸ 2014 yil dekabrida yana o‘zbek mobil aloqa bozoriga qaytishga muvaffaq bo‘lgan Rossiyaning MTS shirkati joriy oyda bu bozorni o‘z ixtiyori bilan tark etmoqda. MTS rahbariyati bu qarorni taqozo qilgan sabablarga izoh berishdan bosh tortaëtgan bir paytda¸ kuzatuvchilar uning AQShda boraëtgan tergov jaraëni bilab bog‘liqligini taxmin qilmoqda.

"Tasdiqlayman!"

5 avgust kuni Ozodlikning MTS boshqaruviga yaqin manbasi¸ "Mobilniye telesistemi" - MTS shirkatining avgust oyi oxiriga qadar O‘zbekistondagi o‘z aktivlarini sotib¸ mamlakatni tark etishi haqida xabarlarni tasdiqladi.

“Bu jarayon tafsilotlarini ochiqlay olmayman¸ ammo MTSning O‘zbekistondan ketayotganini tasdiqlayman”¸ dedi Ozodlik manbasi.

Rossiya axborot agentliklari 4 avgust kuni tarqatgan xabarga ko‘ra¸ O‘zbekiston hukumati Rossiya shirkati” bu masalada qat’iy kelishuvga kelib bo‘lgan va avgust oyi oxiriga qadar MTS UMS ta’sischilari tarkibidan chiqadi”.

Chiqish jarayonida yuzaga chiqishi mumkin har xil noxushliklardan himoyalanish maqsadida¸ Rossiya nashrlariga ko‘ra¸ MTS allaqachon rossiyalik barcha xodimlarini O‘zbekistondan olib chiqqan¸ hozirda Toshkentda faqat UMS qo‘shma korxonasi bosh direktori Dmitriy Nagornix qolgan.

2014 yil dekabrida O‘zbekistonda Universal Mobile Systems – UMS brendi ostida ish boshlagan yangi shirkat aksiyalarining 50¸01 foizi MTSga¸ qolgan 49¸99 foizi O‘zbekiston Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligiga qarashli.

O‘zbekiston aloqa tizimidagi anonim manbalarning matbuotga bildirishicha¸ MTS UMS aksiyalarining o‘z ixtiyoridagi nazorat paketini ramziy narx - 1 dollarga “Uzmobayl” milliy operatoriga sotishga rozi bo‘lgan.

"Shirkatning 500 million so‘mlik qarzi bor. Kelishuvga ko‘ra¸ bu qarzni to‘lash endi "Uzmobayl"ga o‘tishi kerak"¸ dedi Ozodlikning jarayondan xabardor manbasi.

UMS faoliyatini davom ettiradi

MTS ning UMS ta’sischilari safidan chiqishi haqida xabar chiqqan ayni kunda¸ shirkat bu yangilikka bilvosita munosabat bildirdi va o‘z mijozlarini faoliyati o‘zgarishsiz davom etajagiga ishontirishga urindi.

"Universal Mobile Systems" Mas'uliyati cheklangan jamiyati o’z faoliyatini 2029 yil yakunigacha berilgan uyali aloqa xizmatlarini ko’rsatish litsenziyasi asosida olib bormoqda.

Kompaniya mobil operatorning barcha xizmat va servislarini ko’rsatmoqda, yangi abonentlarni ulash va amaldagi mijozlarga xizmat ko’rsatish ishlarini amalga oshirmoqda.

Salmoqli salohiyatga ega UMS uzoq muddatli rivojlanish rejalarini barcha yo’nalishlar bo’yicha tatbiq etishni davom ettiradi va o‘z mijozlarining ehtiyojlarini qondirishga alohida e’tibor qaratadi"¸ deyiladi shirkatning "UMS chinakam va uzoq muddatga" deb nomlangan baënotida.

Ayni paytda¸ telekommunikatsiya mutaxassislari MTSning O‘zbekiston mobil aloqa maydonidan chiqib ketishi va UMSning to‘lig‘icha mahalliy operator qo‘liga o‘tishi ayrim texnik muammolar¸ xususan¸ mobil aloqasidagi uzilishlarga sabab bo‘lishini taxmin qilmoqda.

No comment

MTS matbuot xizmati vakili Dmitriy Solodovnikov Ozodlik bilan suhbatda shirkatni O‘zbekistondan chiqib ketishga majbur qilgan sabablar haqida izoh berilmasligini bildirdi:

- Matbuot va jamoatchilik qiziqishini tushunib turibmiz. Ammo kompaniya pozitsiyasi bu jaraënga oid mutlaq izoh bermaslik. Shu bois¸ hamma savolingizga javob – no comment¸ dedi Solodovnikov 5 avgust kuni Ozodlik bilan telefon suhbatida.

Nega qaytdiyu¸ nega ketmoqda?

MTSning O‘zbekistondagi faoliyatidan xabardor mutaxassislarga ko‘ra¸ ikki yillik legal tortishuvlardan so‘ng O‘zbekistonga qaytishga muvaffaq bo‘lgan Rossiya telekom shirkatini bu gal o‘z qarori bilan imi-jimida bu mamlakatni tark etishga AQShda borayotgan tergov jarayoni majbur qilgan.

Aktsiyalari AQSh qimmatbaho qog‘ozlar birjasida sotuvga qo‘yilgan MTS, qolaversa¸ VimpelCom va Telianing O‘zbekistondagi faoliyati¸ Toshkent birinchi oilasiga eltuvchi korrupsiya janjali munosabati bilan uch yildan beri AQSh tergovchilari diqqat-markazida qolmoqda.

Ana shu tergovning dastlabki natijasi o‘laroq¸ 20 iyul kuni Hollandiyaning Amsterdam shahri mahkamasi "O‘zbekiston prezidentining to‘ng‘ich qiziga aloqador Takilant Ltd. shirkatini VimpelCom Ltd. and Telia AB shirkatlaridan simsiz chastotalar uchun katta miqdorda pora olishda aybdor", deb topdi. Sud hukmi bilan Gibraltarda ro‘yxatga olingan Takilant shirkatining xorij banklaridagi 135 million dollar puli musodara qilindi¸ Takilant shirkati 1¸6 million yevro jarima to‘lashga hukm qilindi.

VimpelCom AQSh va Hollandiya adliya tizimlari bilan mahkama oldi yarashuv bitimi tuzdi va O‘zbekistonga kirish uchun pora berganini tan olib¸ 835 million dollar jarima to‘lashga rozi bo‘ldi.

“Bu jarima 835 milliondan ko‘ra ancha katta bo‘lardi. Ammo VimpelCom tergov bilan hamkorlik qilgani va jinoiy mas’uliyatni tan olgani uchun¸ unga “chegirma” berildi”¸ deb sharhlagan edi VimpelComning AQSh va Hollandiya adliya tizimlari bilan tuzgan mahkamagacha yarashuv bitimini AQSh bosh prokurori ërdamchisi Leslie Caldwell.

Taxminlarga ko‘ra¸ MTS ham AQSh va Yevropa adliya tizimlaridan shu kabi “chegirma” olish va mahkamaga chap berish uchun yarashuv bitimi tuzish shartlaridan biri sifatida¸ O‘zbekistonni tark etishga qaror qilgan.

Hozircha MTSning AQSh va Yevropa huquq tizimlari bilan muzokaralari¸ xususan¸ shirkatga solinishi mumkin jarimaga oid ma’lumot Ozodlik ixtiyorida yo‘q.

AQSh Adliya vazirligi ixtiyoridagi hujjatlarda¸MTS 2004 yili “O‘zdunrobita” mahalliy operatorida ulush sotib olish uchun ismi keltirilmagan bir nufuzli shaxs bilan bog‘liq Swisdorn shirkatiga asoslanmagan tarzda katta mablag‘ to‘lagani aytiladi. MTSdan O‘zbekiston prezidentining qizi Gulnora Karimovaga aloqador ekani aytiladigan Takilant ham pora olgan. Da’vo arizasida ko‘rsatilishicha, 2004-2009 yillar mobaynida MTS Swisdorn va Takilant shirkatlariga 380 million dollar to‘lagan.

Tergov taxminicha¸ MTS¸ TeliaSonera va VimpelCom shirkatlarining Gulnora Karimovaga aloqador deb ko‘rilgan offshor shirkatlarga jami 1 milliard dollardan oshiq pora bergan.

Bir milliardlik pora janjali ortidan MTS O‘zbekistonni bu gal o‘zi tashlab chiqishga qaror qilgan bo‘lsa¸ VimpelCom (O‘zbekistonda Beeline) va Telia (O‘zbekistonda UCell)ning ham O‘zbekistondagi biznesini sotish uchun xaridor qidirayotgani aytilmoqda.

"MTS kattaroq yo‘qotishlar oldini olish uchun o‘zbek bozoriga qo‘l silkitdi"

Kuzatuvchilarga ko‘ra¸ AQSh tergov tizimlari bilan mahkamagacha yarashuv bitimiga erishish barobarida¸ MTSni O‘zbekistonni tark etishga majbur qilgan boshqa moliyaviy omillar ham bor.

Xalqaro moliya bozorlari bo‘yicha Wall Street tahlilchisi Farhod Inog‘omboev¸ AQSh birjalarida aksiyalari ochiq savdoga qo‘yilgan MTS o‘z bozor qimmatining butunlay qulashini to‘xtatish uchun O‘zbekistondan chiqib ketishga majbur bo‘lganini taxmin qiladi:

- MTSning AQSh birjalaridagi aksiyalari keyingi bir yil ichida o‘z qimmatini qariyb 50 foizga yo‘qotdi. Bu¸ 2 milliard dollarlik kompaniya 1 milliardga tushdi¸ degani. Buning sababi Rossiyadagi inqiroz bilan ham bog‘liq¸ albatta. Lekin O‘zbekistondagi korrupsiya janjalining MTS aktsiyalari tushib ketishi ta’sirini ham inkor qilib bo‘lmaydi. Bu janjal oqibatida MTS xalqaro investorlar oldida o‘z yuzini yo‘qota boshladi. Korrupsiya janjali doim investorda vahima uyg‘otadi va ular shubhali kompaniyalar aksiyalaridan qutulishga o‘tadi. Kompaniya aksiyalari qulashining bundan keyin ham davom etishini to‘xtatish maqsadida MTSning mustaqil boshqaruv kengashi undan O‘zbekistondan voz kechishni so‘ragan bo‘lishi mumkin¸ deydi Farhod Inog‘omboev.

Алоқадор

XS
SM
MD
LG