Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 17:56

MXX sud hukmi chiqmagan o‘qituvchiga nisbatan aybsizlik prezumpsiyasini unutib qo‘ydi


Qo‘qon shahar Milliy xavfsizlik xizmati iyun oyida pora olishda gumonlab qo‘lgan olgan Qo‘qon davlat pedagogika institutining o‘qituvchisini videotasvirga olib, qabul imtihonlaridan ikki kun oldin imtihonda qatnashadigan o‘qituvchilarga namoyish qildi. Ana shu film namoyishida qatnashgan o‘qituvchilarga ko‘ra, MXX boshlig‘i “imtihonda qaysi biring pora olsang, ana shunday juvonmarg bo‘lib ketasan”, deb aytgan. Biroq aybsizlik prezumpsiyasiga ko‘ra, “Jinoyat sodir etganlikda ayblanayotgan har bir shaxsning ishi sudda qonuniy tartibda, oshkora ko‘rib chiqilib, uning aybi aniqlanmanguncha u aybdor hisoblanmaydi. Sudda ayblanayotgan shaxsga o‘zini himoya qilish uchun barcha sharoitlar ta’minlab beriladi”.

Qo‘qon davlat pedagogika institutining adabiyot faulteti o‘qituvchisi 54 yashar Odinaxon To‘xtasinova iyun oyining oxirida pora olayotganlikda gumonlanib MXX tomonidan hibsga olingan edi.

Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, Odinaxon To‘xtasinova Qo‘qon shahar yoshlar markazi direktori bilan o‘zaro kelishib, abiturientdan o‘z uyida to‘rt yarim ming AQSh dollari miqdorida pora olayotgan paytda ushlangan.

Oradan bir oy o‘tib, qabul imtihonlari arafasida MXX, prokuratura va davlat test markazi vakillari ishtirokida Odinaxon To‘xtasinova haqida olingan videofilm qabul imtihonlari oladigan o‘qituvchilarga namoyish qilingan.

Bu filmni ko‘rgan, ismi sir qolishini so‘ragan o‘qituvchilardan birining aytishicha, videoda Odinaxon To‘xtasinova kechirim so‘ragan:

“Odinaxon opoyning videodagi ko‘rinishi juda ayanchli ahvolda edi. Sochlari to‘zg‘igan, ruhi tushib ketgan. U”men nafs yo‘liga kirib xato qildim, hamkasblarim va qarindosh urug‘larimni yuzini erga qaratdim, MXX xodimlaridan meni kechirishlarini so‘rayman” deb iltijo qildi”, dedi o‘qituvchi.

Uning aytishicha, filmdan so‘ng MXX raisi yig‘ilgan o‘qituvchilarga qarab do‘q-po‘pisa qilgan:

“Agar imtihon vaqtida ushlasam, xafa bo‘lma. Juvanmarg bo‘lib ketasan. Ko‘zingni och baring, bolalarni ichiga ham o‘zimizni odamlarni kiritganmiz. Mana bu opoyni ahvolini ko‘rdingmi, ana shunday bo‘lasan, dedi”, deydi o‘qituvchi.

O‘qituvchilarning aytishlaricha, bu namoyishdan so‘ng ular imtihon kuni kuzatuvchilik va nazoratchilikka borishdan cho‘chib qolganlar:

“Ba’zi auditoriya rahbarlari, o‘qituvchilar va nazoratchilar qo‘rqqanidan o‘sha kuni imtihonga ham kelishmadi. Hali aybi sudda isbotlanmagan o‘qituvchini hammani oldida sazoyi qilib, qolganlarga esa tahdid qilish, bu aybsizlik prezumpsiyasining qo‘pol ravishda buzilishidir”, dedi o‘qituvchi.

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 26-moddasida esa aybsizlik prezumpsiyasi haqida bunday deyilgan:

“Jinoyat sodir etganlikda ayblanayotgan har bir shaxsning ishi sudda qonuniy tartibda, oshkora ko‘rib chiqilib, uning aybi aniqlanmaguncha u aybdor hisoblanmaydi. Sudda ayblanayotgan shaxsga o‘zini himoya qilish uchun barcha sharoitlar ta’minlab beriladi”.

O‘zbekistonda esa, aybi hali sud hukmi bilan tasdiqlanmagan vatandoshlarni, suddan oldin davlat telekanallari va gumonlanuvchi hamkasblari oldida izza qilish, ularga ayb yuklash holatlari ko‘p kuzatiladi.

Jumladan yaqinda chinozlik tadbirkor Ahmad Tursunboevga ham hali sud bo‘lmasdan davlat televideniesi orqali bir qancha ayblovlar e’lon qilingan edi.

XS
SM
MD
LG