Линклар

Шошилинч хабар
28 март 2024, Тошкент вақти: 16:31

Erdo‘g‘on Istanbul namoyishida Gulanni "jazolash"ni va’da qildi


Erdo‘g‘on uyushtirgan Istanbul namoyishiga chiqqanlar soni¸ rasmiylarga ko‘ra¸ bir necha millionni tashkil etadi.
Erdo‘g‘on uyushtirgan Istanbul namoyishiga chiqqanlar soni¸ rasmiylarga ko‘ra¸ bir necha millionni tashkil etadi.

2 avgust kuni yuz minglab turkiyalik Istanbul markaziy maydoniga yig‘ildi. Kuzatuvchilar bu mitingni o‘tgan oydagi muvaffaqiyatsiz to‘ntarish urinishidan beri hukumatni qo‘llab o‘tkazilgan eng yirik namoyish o‘laroq baholashmoqda.

Turkiya bosh vazir Binali Yildirim 7 avgust kuni bo‘lib o‘tgan namoyishga kelganlarga Fathulloh Gulan AQShdan ekstraditsiya qilinishini bildirdi. Turkiya hukumati diniy peshvo Gulanni 15 iyuldan 16 iyulga o‘tar kechasi muvaffaqiyatsiz tugagan harbiy to‘ntarishni tashkillashtirishda ayblab keladi. Bosh vazir Yildirim namoyishga chiqqanlarga Gulan jinoyatiga munosib jazolanishini va’da qildi.

“Barchangiz shuni bilingki, ushbu terror guruhining yetakchisi Turkiyaga keladi va qilmishi uchun javob beradi”, dedi bosh vazir.

Xabarlarga ko‘ra, muxolif partiyalar yetakchilaridan ham to‘plangan namoyishchilarga murojaat qilish so‘ralgan. Ammo mitingga kurdlarni qo‘llovchi Xalq demokratik partiyasi taklif qilinmagan.

15 iyulgi harbiy to‘ntarish urinishidan beri Erdo‘g‘on hukumati davlat va jamoatchilik sektorida ishlab kelgan o‘n minglab odamni “gulanchilik”da ayblab¸ ishdan haydadi. Bundan tashqari, minglab odam to‘ntarishga aloqadorlikda ayblanib, qo‘lga olindi.

Qo‘lga olinganlarning aksari Gulan va uning global harakatiga aloqadorlikda ayblanmoqda. 1999 yildan beri AQShning Pensilvaniya shtatida yashab kelaëtgan Gulan esa bu ayblovlarni keskin rad etib keladi.

Erdo‘g‘on hukumatining gulanchilikda gumonlanayotgan va ayblanayotganlarlarga qarshi ko‘rayotgan keskin choralari Yevropa davlatlarini xavotirga solmoqda. Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on bu tanqidlarni pisand qilmay, G‘arb mamlakatlarini Turkiyani yetarlicha qo‘llamayotganlikda ayblamoqda.

Yakshanba kuni bo‘lib o‘tgan mitingda so‘zga chiqqan Erdo‘g‘on “Gulan tuzgan tarmoq”ni parchalashga chaqirdi va agar parlament qo‘llaydigan bo‘lsa, mamlakatda o‘lim jazosini qayta tiklashga va’da berdi.

Telereportajlarga qaralsa, Istanbuldagi mitingda bayroq tutgan namoyishchilar Turkiya prezidentining hissiyotli nutqini ortiqcha hayajonsiz eshitganini ko‘rish mumkin.

XS
SM
MD
LG