Линклар

Шошилинч хабар
25 апрел 2024, Тошкент вақти: 17:11

Taniqli haykaltarosh Ernst Neizvestniy olamdan o‘tdi


Ernst Neizvestniy
Ernst Neizvestniy

Taniqli rus-amerika haykaltaroshi Ernst Neizvestniy Nyu-York shahrida 91 yoshda vafot etdi.

Rossiya matbuoti tarqatgan ma’lumotlarga ko‘ra, Neizvestniyning Nyu-Yorkdagi do‘stlari san’atkor 9 avgust kuni shahar shifoxonalaridan birida jon bergani haqida xabar qilishgan.

Neizvestniy Ikkinchi jahon urushida Qizil armiya saflarida fashistlar Germaniyasiga qarshi kurashgan.

1962 yil Sovet Ittifoqining o‘sha paytdagi etakchisi Nikita Xrushchev Neizvestniyning ishlarini keskin tanqid qilgan.

Bunga qaramasdan, Xrushchevning qarindoshlari Xrushchev vafotidan keyin uning qabr toshini yasab berishini so‘rab Neizvestniyga murojaat qilishgan. San’atkor yasagan qabr toshi Moskvaning Novodevichye qabristonidagi Xrushchyov mozori ustiga o‘rnatilgan.

Neizvestniy yahudiy bo‘lgani uchun unga SSSRni tark etishga ruxsat berilgan. San’atkor 1976 yil Shveytsariyaga ko‘chib o‘tgan. U yerda bir yil yashaganidan keyin, Nyu-York shahriga ko‘chib ketgan.

Neizvestniy asarlarini dunyoning turli burchaklarida uchratish mumkin.

San’atkorning eng mashhur asarlaridan biri Rossiyaning Magadan shahrida o‘rnatilgan “Qayg‘u niqobi” yodkorligidir. Yodgorlik Sovet Ittifoqining gulag majburiy mehnat lagerlarida qurbon bo‘lganlar xotirasiga bag‘ishlangan.

XS
SM
MD
LG