Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 20:42

Putin-Erdo‘g‘on do‘stligi chinni likopchalarda abadiylashtirildi


Likopchalardagi hukmdorlar.
Likopchalardagi hukmdorlar.

Rossiya va Turkiyaning buzilgan munosabatlari ko‘z ochib yumguncha qayta tiklandi.

Turkiya prezidenti Rejab Toyyib Erdo‘g‘on Rossiya bilan aloqalarni tiklash uchun Sankt-Petereburgga qilgan tashrifi davomida ikki mamlakat o‘rtasidagi qayta tiklangan do‘stlik chinni likopchalarda abadiylashtirildi. Likopchalarga ikki prezidentning jilmayib, bir-birining qo‘lini ushlab turgani aks etgan rasm tushirilgan.

9 avgust kuni bo‘lib o‘tgan tushlik suratlarini kuzatar ekansiz, dasturxonda qora va oltin rangli idish-oyoq bilan birgalikda ikki mamlakat prezidenti 2015 yil Ozarbayjon poytaxti Bokuda tushgan surat bosilgan likopchani ko‘rishingiz mumkin.

“Moskovskiy Komsomolets” kundalik gazetasi muxbiri Dmitriy Smirnov ““Putin va Erdo‘g‘on” ustiga hech kim ovqat qo‘yishga jur’at qilmadi, hatto ayrimlar likopchalarni suvenir o‘laroq olib ketdi”, deya xabar berdi.

Ikki avtoritar prezident etakchiligida Turkiya va Rossiya o‘rtasidagi aloqalar nisbatan yaxshi edi. Ammo Suriyadagi harbiy havo hujumlarida qatnashayotgan Rossiyaning Su-24 harbiy uchog‘ining Turkiyada tomonidan urib tushirilishi ortidan ikki mamlakat o‘rtasidagi munosabatlar keskin yomonlashgandi.

Bunga javoban Rossiya Turkiyaga qarshi savdo sanktsiyalarini joriy qilib, Rossiya sayyohlarining Turkiyaga borishiga chek qo‘ygan edi. Putin Turkiya harakatini keskin qoralab, Erdo‘g‘ondan kechirim so‘rashni talab qilgan edi. Turkiya prezidenti esa bunday qilishdan bosh tortgandi.

Ammo Turkiya prezidenti iyun oxirida birdaniga siyosatini o‘zgartirdi va ikki mamlakat o‘zaro aloqalarni tiklay boshladi. Erdo‘g‘onga qarshi uyushtirilgan harbiy to‘narish urunishidan keyin bu jarayon yanada jadallashdi. Turkiya to‘ntaruv urunishiga aloqadorlarlikda ayoblanayotganlarga qarshi keskin chora ko‘ra boshladi, natijada mamlakatning AQSh hamda Yevropa Ittifoqi bilan aloqalari yomonlashdi.

Jiddiy bo‘lmagan gazetalarga xos uslubda xabar tarqatuvchi LifeNews rus telekanali kamdan-kam davlat etakchilariga bunday likopchalar nasib etishini aytdi. Telekanal oxirgi marta bunday likopcha Misr prezidenti Abdul Fattoh al-Sisi Rossiyaga 2015 yilning avgustida kelganida tayyorlanganini ta’kidladi.

Damashqdagi suvenirlar suratlarida Bashar al-Assad va Putin suratini ko‘rish mumkin. Putin Assadning muxolifatchilar va jangarilarga qarshi kurashidagi muhim hamkoridir.

XS
SM
MD
LG