Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 01:23

Farhod Inog‘omboev: Bir-ikki buzg‘unchi deb butun millatni “terrorchi”ga chiqarish noto‘g‘ri


AQShda yashayotgan, shu mamlakatdagi moliya-kredit muassasalaridan birida xizmat qilayotgan moliyaviy masalalar bo‘yicha tahlilchi Farhod Inog‘omboev Ozodlik bilan suhbatda Respublikachi nomzod Donald Trampnining boshqa davlatlardan musulmonlarni Qo‘shma Shtatlarga kirishini taqiqlash g‘oyasiga qo‘shilmasligi, bir-ikki buzg‘unchi deb butun millatni “terrorchi” deyish noto‘g‘ri ekanini ta’kidladi.​

4 avgust kuni AQShning Portland shahrida o‘z tarafdorlarining namoyishida janob Tramp boshqa davlatlardan musulmonlarni Qo‘shma Shtatlarga kirishini taqiqlash g‘oyasini yana bir marta ilgari surgan edi.​

Jumladan, respublikachi nomzod Tramp o‘z chiqishida O‘zbekistonni "terrorchi davlat"lar qatorida tilga olar ekan AQShning Aydaxo shtatida terrorchilikni qo‘llaganlikda ayblanib, 25 yilga qamalgan o‘zbekistonlik Fazliddin Qurbonov bilan bog‘liq voqeani esladi.

- “Yubek”, bu nimaligini bilasizlarmi? O‘zbek muhojiri. Qarang, Aydahoda yashovchi o‘zbek muhojiri terrorchi tashkilotni dastaklaganlikda ayblandi. U yuz minglab muhojirlarga terrorchilikdan saboq berganlikda ayblandi va qo‘lga olindi. Bundaylar dunyoning eng xavfli joylaridan kelyapti. Qarang, o‘zbek muhojiri odamlarni terrorchilikka yollab, ularga bombani qanday yasashni o‘rgatyapti, zo‘r-a. Men bundaylarni mamlakatimizda istamayman, - dedi Tramp.

Tahlilchi Farhod Inog‘omboev Ozodlik bilan suhbatda bunday gaplarni aytayotgan shaxsning AQShga prezident bo‘lishi xavfli ekanini ta’kidladi.

Иқтисодий таҳлилчи Фарҳод Иноғомбоев
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:13:39 0:00
Бевосита линк

XS
SM
MD
LG