Линклар

Шошилинч хабар
18 апрел 2024, Тошкент вақти: 18:12

Soliqchilar Toshkent hokimi "iltimosini noto‘g‘ri tushundi"


Ayni kunlarda Toshkentdagi bank xodimlariga¸ 20 nafar pensionerni o‘z pensiyasini to‘lig‘icha plastik kartaga o‘tkazishga rozi qilish vazifasi yuklangan. Bu topshiriq Eltuz rassomi karikaturasiga mavzu bo‘ldi.
Ayni kunlarda Toshkentdagi bank xodimlariga¸ 20 nafar pensionerni o‘z pensiyasini to‘lig‘icha plastik kartaga o‘tkazishga rozi qilish vazifasi yuklangan. Bu topshiriq Eltuz rassomi karikaturasiga mavzu bo‘ldi.

Toshkentdagi xususiy tadbirkorlar avgust oyida bankka o‘tgan oylarga nisbatan 20 foiz ko‘proq naqd pul topshirishga majburlanmoqda. Har bir tadbirkorni yangi talabni bajarish zaruratidan ogohlantirayotgan Toshkent soliqchilari¸ bu ishning poytaxt hokimi qarori bilan amalga oshirayotganini ro‘kach qilmoqda.

Soliqchi tadbirkorga

Toshkent shahar Yunusobod tumanida faoliyat ko‘rsatuvchi xususiy dorixona egasining Ozodlikka aytishicha¸ tuman soliq departamenti xodimlari avgust oyida 25 million naqd so‘m topshirish talabini qo‘ygan.

“Aks holda soliqchilar tekshiruv paytida muammo chiqadi¸ deb tahdid qilmoqda. 25 millionni bo‘lsa¸ kuniga 800 mingdan ko‘proq so‘m topshirish kerak bo‘lib chiqadi. Buning umuman iloji yo‘q. Birinchidan¸ odamlar bizda faqat plastikka savdo qiladi¸ naqd pulga savdo deyarli yo‘q. Odamlarning qo‘lida yo‘qku pul o‘zi! Keyin¸ inkassatsiya soat 16:00 da keladi. Bungacha 800 ming naqd pulni qaerdan olamiz?”¸ deb aytdi Ozodlikka toshkentlik xususiy tadbirkor.

Ozodlik suhbatlashgan boshqa tujjorlar ham aholi qulida naqd pul tobora tortilib qolayotganiga qaramasdan soliq mulozimlarining naqd pul tushumini oshirish talabidan norozi ekanliklarini aytishgan.

Tadbirkorlar tomonidan o‘rtaga qo‘yilgan bu savolni Ozodlik muxbiri Toshkent shahar soliq departamenti rasmiysiga berdi.

Soliq idorasi vakili ta’kidicha¸ soliq xodimlari shunchaki Toshkent shahar hokimi yaqinda qabul qilgan qarorni ijro etishga harakat qilmoqda¸ xolos.

“Yaqinda Toshkent shahar hokimi Rahmonbek Usmonov mustaqillikka tayërgarlik doirasida yangi qaror chiqardi. Unga ko‘ra¸ bank xodimlari¸ soliq departamenti vakillariga avgust oyida xususiy tadbirkorlar topshirayotgan naqd pul tushumini o‘tgan oyga nisbatan 20 foizga ko‘paytirish vazifasi yuklandi. Biz tadbirkorlarga ana shu qarorni etkazayapmiz va ulardan qaror ijrosini talab qilayapmiz¸xolos. Bu mustaqillik bayrami bilan bog‘liq. Bayram oldi shaharda naqd pul tushumini ko‘paytirish¸ pensionerlarga bayram oldi pensiyasini berish uchun deyildi”¸ dedi Toshkent shahar soliq departamenti vakili Ozodlik bilan mikrofonsiz suhbatda.

Hokim soliqchiga

Toshkent shahar hokimining Ozodlik bog‘langan mutasaddisi¸ soliqchilar gapini qisman tasdiqladi.

“To‘g‘ri¸ o‘tgan oy shahar hokimi yig‘ilish qilib¸ mustaqillikka pensiya va oyliklarning naqd qismini o‘z vaqtida berish uchun tadbirkorlardan naqd pul tushumini ko‘paytirishni iltimos qilishni so‘radi. Bu haqda hech qanaqa yozma qaror yo‘q. Majlisda bank va soliq xodimlaridan shu narsa og‘zaki so‘raldi. Hokim ularga tadbirkorga tahdid qil¸ qo‘rqitgin¸ degani yo‘q¸ iltimos qilinglar¸ dedi. Bu yil mustaqillikning 25 yilligini nishonlaymiz¸ katta bayram. Shunga pensioner¸ o‘qituvchi va do‘xtirlarga sovg‘a bo‘lsin¸ shular bayram oldi qo‘liga naqd pul olsin¸ dedi hokimimiz. Agar biror rayonda soliqchimi yoki boshqasi hokimning gapini ro‘kach qilib¸ tahdid qilayotgan bo‘lsa¸ bizga aniq manzili¸ ismi-sharifi bilan murojaat qilishsin. Pensionerni xursand qilamiz deb¸ tadbirkorni xafa qilish niyatimiz yo‘q¸ dedi Toshkent shahar hokimligi mutasaddisi.

Ayni paytda¸ bu suhbatdosh O‘zbekiston viloyatlarida pensiya va oyliklarning naqd qismini to‘lash muammosi kuchaygani sari¸ poytaxtdagi xususiy tadbirkorlarga bosim oshib boraëtganini e’tirof etdi.

“Viloyatlarda pensiya va oyliklarni vaqti berishning iloji bo‘lmayapti. Banklar keraklicha naqd pul yig‘olmayapti. Buning og‘irligi Toshkentga tushayapti¸ naqd pul Toshkentda ko‘proq aylangani uchun¸ bizdan so‘raladigan naqd pul miqdori ham oshayapti. Shahar hokimi vaziyatni yengillatish uchun ikki yo‘nalishda ishlayapti. Bir tomondan¸ naqd pul asosan tadbirkorlarga kelib tushayotgani uchun¸ ulardan naqd pul topshirishni ko‘paytirishni so‘rayapti. Ikkinchi tomondan¸ poytaxtdagi pensioner va nafaqaxo‘rlarni to‘lig‘iga plastik kartaga o‘tkazishga harakat qilayapmiz”¸ dedi Toshkent shahar hokimligining Ozodlik suhbatlashgan rasmiysi.

Hokim bank xodimlariga

Ozodlikka ma’lum bo‘lishicha¸ Toshkent shahar hokimi belgilagan ikkinchi yo‘nalishdagi harakatlar ham mustaqillik arafasida kuchaygan. Poytaxtdagi har bir bank xodimiga¸ 20 nafar pensionerni o‘z pensiyasini to‘lig‘icha plastik kartaga o‘tkazishga rozi qilish vazifasi yuklangan.

“Hech kimni bunga ko‘ndirib bo‘lmayapti. Yalinib-yolvorib¸ qaynotamni rozi qildim¸ odam topmasang¸ o‘zing ishdan ketasan¸ deb bizni qo‘rqitayapti”¸ deb yozdi Ozodlikka poytaxtdagi bank xodimlaridan biri.

MXX tadbirkorga

Tadbirkorlarni mustaqillik bayrami oldidan naqd pul topshirishni ko‘paytirishga majburlash¸ Ozodlikka kelaëtgan xabarlarga ko‘ra¸ faqat poytaxt Toshkentda emas¸ viloyatlarda ham kuzatilmoqda.

Xususan¸ 28 iyul kuni Surxondarë viloyati Sherobod tuman hokimligida o‘tkazilgan yig‘ilishda bevosita qatnashgan tadbirkorlardan biri¸ naqd pul topshirish rejasiga bag‘ishlangan bu majlisda tuman MXX boshlig‘i bu rejani bajarmagan “tadbirkorning ketiga qalampir tiqish va yo‘q qilib yuborish bilan” tahdid qilganini bildirgan edi.

XS
SM
MD
LG