Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 19:29

Toshkent shahriga yangi prokuror tayinlandi


Botir Qudratxo‘jaev Surxondaryoga prokuror qilib tayinlanganida matbuotda yoritilgan edi.
Botir Qudratxo‘jaev Surxondaryoga prokuror qilib tayinlanganida matbuotda yoritilgan edi.

O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining avgust oyidagi buyrug‘i bilan adliya katta maslahatchisi Botir Baxromovich Qudratxodjaev Toshkent shahar prokurori lavozimiga tayinlandi.

Bu haqda hozircha rasmiy matbuot va Bosh prokuratura saytida ma’lumot yo‘q.

Biroq Ozodlikka Respublika prokuraturasidagi va respublika boshqaruviga yaqin bir biridan mustaqil manbalardan ma’lum bo‘lishicha¸ bu lavozimga 2014 yildan shu paytgacha Surxondaryo viloyat prokurori vazifasini bajaruvchi lavozimida faoliyat olib borgan 41 yashar Botir Qudratxodjaev tayinlangan.

Toshkent shahar prokurori lavozimi joriy yilning 11 mart kuni Mirzohid Obidov Toshkent shahar hokimiga o‘rinbosar qilib jo‘natilgandan beri bo‘sh turgan edi.

So‘nggi 6 oy mobaynida Toshkent shahar prokurori vazifasini shu paytgacha vaqtincha Mira’lam Mirzaev bajarib kelgan edi.

Prokuraturadagi Ozodlik manbasiga ko‘ra¸ O‘zbekiston Milliy Xavfsizlik xizmati raisi Rustam Inoyatovga qarindosh bo‘lgan Mira’lam Mirzaev uzoq yillar davomida Toshkent prokuraturasida mavqei o‘zgarmasdan qolayotgtan yagona mulozimdir.

Toshkent shahriga yangi tayin bo‘lgan Qudratxodjaev 1997 yilda Toshkent Davlat yuridik institutini tamomlab Harbiy prokuratura kadrlar bo‘limi ish yurituvchisi vazifasidan tortib Farg‘ona harbiy prokuraturasi tergovchi-kriminalisti, Toshkent harbiy okrug harbiy prokuraturasi katta tergovchisi, bo‘lim harbiy prokurori lavozimida ishlagan.

Qudratxo‘jaev 2010-2012 yillarda Sharqiy harbiy okrug harbiy prokurori, 2012-2014 yillarda O‘zbekiston Respublika Harbiy prokurorining birinchi o‘rinbosari lavozimida faoliyat ko‘rsatgan.

XS
SM
MD
LG