Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 08:43

Olimpiada oltin medalida oltin bormi o‘zi?


Belaruslik sportchi Rioda olgani oltin medalida oltin bor-yo‘qligini tishlab ko‘rib bilmoqchi bo‘ldi shekilli...
Belaruslik sportchi Rioda olgani oltin medalida oltin bor-yo‘qligini tishlab ko‘rib bilmoqchi bo‘ldi shekilli...

Shu kunlarda butun boshli davlatlarni hayajonlantirib turgan olimpiada medallari tarkibi nimadan iboratligi haqida o‘ylab ko‘rganmisiz? Masalan¸ dunyoning bor sportchisi ko‘z tikayotgan oltin medalda qancha oltin borligini bilasizmi?

Vazni yarim kilo keladigan oltin medalda... atigi 6 gramm oltin bor¸ xolos. Bo‘yniga og‘irgina kumush taqayotgan oltin medal sohiblari o‘zlarini har qalay bu medal tarkibida simob yo‘qku¸ deb ovutishsa bo‘ladi. Chunki bugunga kelib simob qo‘shilmagan medalni topish qiyin bo‘lib qolgan...

Olimpiadada kumush medal olayotgan sportchilar haqiqatda ham bo‘yinlariga kumushdan qilingan medal taqadilar – kumush medal 100 foiz kumush (juda aniqlashtirilsa¸ 92¸5 foiz toza kumush)dan yasalgan.

Bronza medal tarkibi esa 95 foiz mis va 5 foizi rux qorishig‘idir.

Tarkibiga ko‘ra bozorga solinsa¸ bronza medal 2 dollar¸ kumush medal 300 dollar¸ oltin medal esa¸ 565 dollarga narxlanishi mumkin.

Agar olimpiada oltin medali haqiqatda ham oltindan bo‘lganda edi¸ uning bugungi bozor narxi kamida 21 ming AQSh dollariga teng bo‘lardi¸ deb yozdi bu medallar narxini chamalagan Compound Interest guruhi.

XS
SM
MD
LG