Линклар

Шошилинч хабар
28 март 2024, Тошкент вақти: 22:25

Kollej va litseylarda "kunu-tun navbatchilik" yo‘lga qo‘yildi


O‘zbekiston mustaqilligining 25 yillik bayrami arafasida mamlakatdagi o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarida xavfsizlik choralari kuchaytirildi. Bu choralar O‘zbekiston Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 19 avgustda chiqargan buyrug‘iga asosan amalga oshirilmoqda.

Oliy va o‘rta ta’lim vazirining birinchi o‘rinbosari Umid Salimov imzosi bilan kuchga kirgan ushbu buyruqqa ko‘ra, mamlakatdagi barcha “ta’lim muassasalari hamda o‘quvchilar turar joylarida rahbar xodimlarning kunu-tun navbatchiligi” tashkil etildi.

Buyruqda 20 avgustdan boshlab yo‘lga qo‘yilgan “kunu tun” navbatchilikka 5 sentyabrgacha rioya qilish zarurligi alohida ta’kidlanadi.

Shuningdek, ta’lim muassasalariga “umumiy vaziyatni aks ettiruvchi jurnallar yuritish” buyurilgan.

Ayni paytda vazirlik o‘quv muassisalariga O‘zbekiston mustaqilligining 25 yillik bayrami munosabati bilan o‘tkaziladigan ommaviy tadbirlar dasturini "joylardagi ichki ishlar idoralari xodimlari bilan kelishilgan holda tasdiqlash va mazkur tadbirlarda ularning vakillari ishtirokini ta’minlash"ni topshirgan.

Buyruqdan qanday maqsad ko‘zlangani izohlanmagan.

Ozodlik suhbatlashgan ta’lim rasmiylari ham xavfsizlik choralari nima maqsadda olinayotganini tushuntira olishmadi.

Bunday chora-tadbirlarning har yili qo‘llanilishini ta’kidladlagan bir nechta viloyatdagi kasb-hunar kollejlari va litseylar rahbarlari vazirlik chiqargan buyruq asosida yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik ishlari nihoyasiga etayotganini ma’lum qildilar.

Ularga ko‘ra, muassasada o‘qituvchi, tarbiyalovchi va ichki ishlar xodimlaridan iborat 24 soatlik navbatchilik yo‘lga qo‘yilgan.

Ta’lim vazirligi buyrug‘iga muvofiq, o‘quv muassasalari va o‘quvchilar turar joylariga “begona shaxslarni hamda begona transport vositalarining kirishini qat’iyan taqiqlangan".

2016/2017 o‘quv yilidan boshlab o‘rta-maxsus, kasb-hunar ma’limi tizimida ta’lim maskanlari soni 1585 tani tashkil etadi.

Rasman 31 avgust kuni nishonlaniladigan Mustaqillik bayrami oldidan mamlakat bo‘ylab xavfsizlik choralari kuchaytirilmoqda.

Mazkur tadbirlar doirasida Toshkent Qirg‘iziston bilan o‘zaro chegarasini bir tomonlama qaror bilan vaqtincha yopib qo‘ydi.

XS
SM
MD
LG