Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 13:21

Rossiyalik paralimpiyachilar Riodagi o‘yinlardan butunlay chetlatildi


Rossiyalik paralimpiyachilar keyingi oyda Braziliyaning Rio-de-Janeyro shahrida bo‘lib o‘tadigan Paralimpiada o‘yinlaridan butunlay chetlatildi. Avvalroq Xalqaro paralimpiya qo‘mitasi (XPQ) doping janjali bilan bog‘liq ravishda Rossiyaning butun terma jamoasini o‘yinlarda ishtirok etishdan chetlatgan, Rossiya esa mazkur qaror ustidan arzlangan edi.

Sport bo‘yicha arbitraj sudi (SAS) 23 avgust kuni XPQning rossiyalik barcha paralimpiyachilarni o‘yinlardan chetlatish qarorini kuchda qoldirdi.

Markazi Shveysariyada bo‘lgan SAS e’lon qilgan bildiruvda “SASning mazkur masala bo‘yicha mas’ul kengashi XPQ RPQni (Rossiya Paralimpiada qo‘mitasi) chetlatish chorasini ko‘rishda hech bir qoidani buzmagan va RPQni chetlatish qarori qoidalariga muvofiq ravishda amalga oshirilgan hamda yuzaga kelgan vaziyatga loyiq javobdir, deb topdi”, deyiladi.

Bildiruvda Rossiya shikoyatida “XPQ qarori uchun asos bo‘lgan faktlarni rad etuvchi hech bir isbot keltirilmagan”, deyiladi.

Avvalroq XPQ Xalqaro aksildoping agentligi taqdim etgan dalillar Rossiya dopingga qarshi qoidalarga amalga qilish majburiyatini bajarmaganini ko‘rsatishini bildirgan edi.

Rossiya XPQ qarori siyosiy motivlarga asoslanib qabul olinganini iddao qilmoqda.

Shu tariqa rossiyalik qariyb 270 sportchi Rio-de-Janeyrodagi musobaqalarda qatnasholmaydigan bo‘ldi.

Paralimpiada o‘yinlari 7-18 sentyabr kunlari bo‘lib o‘tadi.

XS
SM
MD
LG