Линклар

Шошилинч хабар
23 апрел 2024, Тошкент вақти: 15:39

Samarqandda pasport olish uchun katta navbat paydo bo‘ldi


Samarqandda pasport olish uchun navbat
Samarqandda pasport olish uchun navbat

Samarqand shahri va tumanlari IIB idoralari oldida pasport olish uchun ulkan navbatlar hosil bo‘ldi.

O‘zbekistonda eski pasportlarni biomertik pasportga almashtirish jaraën 2018 yilning 1 iyuligacha davom etishi belgilangan.

Bugungi kunda eski (nobiometrik) pasportlar bilan O‘zbekistonni tark etish cheklangan.

Qonunga ko‘ra, O‘zbekiston vatandoshi 9 ish kuni mobaynida pasportni qo‘lga olishi kerak. Biroq Ozodlikka yetib kelayotgan shikoyatchilarga ko‘ra, bu holatlar oylab cho‘zilmoqda.

Ozodlikka Samarqand shahri va Pastdarg‘om tumanidan yo‘llangan suratlarda odamlarning pasport uchun uzun navbatda turgani aks etgan.

Ayni paytda pasport olish bilan bog‘liq muammmo viloyatning boshqa hududlarida ham kuzatilmoqda.

Ismi sir qolishini istagan Samaqarqand viloyat IIB mulozimining aytishicha, pasport olish muddati cho‘zilishiga odam savdosi bilan bog‘liq protseduralar hamda pasportlarning limitlanganligi sabab bo‘lmoqda.

“Odam savdosiga qarshi kurash doirasida protsedura uzaydi. Ba’zi vatandoshlarni Mehnat va aholini ijtimoiy muxofaza qilish vazirligi huzuridagi Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligi taftishidan o‘tkazyapmiz. Bu idoradan javob kelgunga qadar ko‘p vaqt o‘tyapti. Ikkinchi sabab esa, Toshkentdan ajratilayotgan pasport miqdori har bir tumanga cheklab qo‘yilgan.” deydi mulozim.

Suhbatdoshga ko‘ra¸ Samarqand viloyati tumanlari uchun kuniga 60 - 80 ta yaqin pasport rasmiylashtirishga izn berilgan.

Bu holat pasportni poligrafik mahsulot sifatida chop qilish bilan bog‘liq muammolarga aloqadorligini Xorijga chiqish, kirish va fuqarolikni (tahr. vatandoshlikni) rasmiylashtirish boshqarmasidagi Ozodlik manbasi ham tasdiqladi.

Manbaga ko‘ra¸ O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasi qoshidagi Davlat personallashtirish markazi tomonidan berilayotgan pasport soni cheklab qo‘yilgan.

Samarqand viloyati Ichki ishlar boshqarmasidagi muzimning aytishicha, navbatlarni qisqartirish maqsadida pasport stollarida ish soatlari uzaytirilgan. Pasport stollarining yangi ish vaqti 8:00 - 22:00 qilib belgilandi.

Ozodlik Samarqand shahrida pasport uchun navbatda turgan Alisher ismli 22 yashar yigit bilan suhbatlashdi. Suhbatdosh pasport olish bilan bog‘liq manzarani tasvirladi.

- Bino ichiga kirish uchun ertalab navbatga turdim. Peshinlardan keyin ichkariga kirdim. U yerda qizlar pasport almashtirish uchun belgilangan arizani 3 ming so‘mga to‘ldirib berdi va raqam olish uchun jo‘natdi.Raqamni olib davlat bojini to‘lash uchun kassaga bordim. Davlat bojini to‘ladim va kassir ayolga kvitantsiyani to‘ldirib berish uchun qo‘shimcha 500 so‘m ham berdim. Undan keyin barmoq izi olishga navbat kutdim. Rasmga tushib¸ barmoq izi topshirib bo‘lganimdan keyin meni bir oydan keyin kelasiz deb qo‘limga qog‘oz berib jo‘natishdi deydi suhbatdosh.

Alisher pasport olinganidan keyin chiqish vizasini olishga ham ariza topshirishi kerakligini aytadi. Bu jarayon esa yana uzoq vaqtga cho‘zilishi mumkin.

XS
SM
MD
LG