Линклар

Шошилинч хабар
28 март 2024, Тошкент вақти: 17:12

Poroshenko: dushman Ukrainani tiz cho‘ktira olmadi


Ukraina prezidenti Petro Poroshenko o‘z mamlakati mustaqilligining 25 yilligi munosabati bilan bugun Kievda o‘tkazilgan paradda so‘zlagan nutqida dunyoning to‘qqizdan bir qismini egallovchi, harbiy harajati esa bir necha o‘n baravar ko‘p bo‘lgan davlatning tahdidlariga qaramay Ukraina o‘zini o‘zi mudofaa etishga qodir, deb ta’kidladi.

Janob Poroshenkoga ko‘ra, 2014 yilning aprelidan buyon Ukraina sharqida 2500 ukrain harbiysi halok bo‘lgan.

– Ukraina sharqidagi o‘tgan ikki yillik urushga nazar solsak dushman hech bir stratekik vazifani uddalay olmaganini ko‘ramiz. Dushman Ukrainani tiz cho‘ktira olmadi, deb dadil ayta olamiz, - dedi Poroshenko.

Kievdagi harbiy paradda Ukraina Armiyasining to‘rt ming askari, ikki yuzdan ortiq harbiy texnika qatnashdi.

Ukrain harbiylari mamlakat qurolli kuchlarining yaqinda tasdiqlangan yangi liboslarida paradda ko‘rindi.

Киевда мустақиллик олдидан парад репетицияси
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:02:04 0:00

Paradda o‘tgan yangi harbiy texnika Donbasda xizmat qilayotgan ukrain harbiy bo‘linmalariga jo‘natiladi.

Ayni kunni o‘zida Kiev markazida quvg‘inga uchragan qrim tatarlari va Donbass ahli “Bo‘sunmaslar marshi”ini o‘tkazdi.

Kievdagi mustaqillik paradiga ko‘plab davlat rahbarlari tashrif buyurdi. Ular orasida Rossiya hukumati a’zolar ko‘rinmadi.

XS
SM
MD
LG