Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 17:14

Turkmaniston prezidenti Germaniyaga safarini boshlaydi


Turkmaniston rahbarini Germaniya Kansleri Angela Merkel qabul qiladi. 
Turkmaniston rahbarini Germaniya Kansleri Angela Merkel qabul qiladi. 

Tukmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov 29 avgust kuni Berlinga safar qiladi. Bir kunlik ishchi tashrifi davomida Turkmaniston rahbarini Germaniya Kansleri Angela Merkel qabul qiladi.

Turkmaniston prezidenti g‘arb davlatlariga kamdan-kam safar qiladi va inson huquqlari himoyachilari uning Merkel darajasida qabul qilinishi fursatidan bu mamlakatdagi inson huquqlari vaziyatining ayanchili bo‘lib qolayotganiga e’tibor qaratish uchun foydalanmoqda.

Hyuman Rayts Uotch xalqaro tashkiloti tashrif arafasida Germaniya hukumati, xususan kansler Merkelni uchrashuv davomida Turkmanistonda odamlarning kuch bilan olib ketilib, bedarak yo‘qolishlariga chek qo‘yish hamda Ozodlik radiosi turkman xizmati muxbiri Saparmamet Nepesqulievni qamoqdan ozod etish borasida Berdimuhamedovga bosim o‘tkazishga chaqirdi.

Berdimuhamedovning Berlinga tashrifi to‘g‘risida juma kuni o‘tkazilgan matubot anjumanida e’lon qilindi. Matbuot anjumanida Germaniya hukumati matbuot kotibi Ulrike Demmer inson huquqlari hamda qamoqqa tashlangan Ozodlik muxbiri masalasi muzokaralarda qay shaklda ko‘tarilishini avvaldan ayta olmasligini bayon qildi.

Tashrif davomida ikki tomon asosan iqtisodiy hamkorli va savdo aloqalariga doir masalalarni muhokama etishi kutilmoqda. Germaniyaning Turkmanistonda iqtisodiy manfaatlari Siemens shirkati hamda energetika sohasiga doir loyihalardan iborat.

Berdimuhamedov so‘nggi bor Germaniyaga 2008 yilda kelgan va o‘shanda ham Merkel bilan uchrashgan. Bundan tashqari Merkel 2010 yil Ostonada Yevropada Xavafsizlik va Hamkorlik tashkilotining sammitida qatnashgan chog‘ida Turkman rahbari bilan uchrashgan edi.

XS
SM
MD
LG