Линклар

Шошилинч хабар
20 апрел 2024, Тошкент вақти: 05:29

Bishkekdagi Xitoy elchixonasida xudkush o‘zini portlatdi


Bishkekdagi Xitoy elchixonasi portlashdan so‘ng.
Bishkekdagi Xitoy elchixonasi portlashdan so‘ng.

Qirg‘iziston Favqulodda holatlar vazirligining ma’lum qilishicha, 30 avgust kuni Bishkekdagi Xitoy elchixonasi oldida sodir etilgan portlashda bir odam halok bo‘ldi, uch odam yaralandi. Qirg‘iziston Bosh vaziri o‘rinbosari Jenish Razzakovning ma’lum qilishicha, elchixona oldida xudkush o‘zini portlatgan.

Ma’lumotlarga qaraganda, 30 avgust kuni ertalab 9dan 40 minut o‘tganda “Mitsibusi Delika” rusumidagi avtomashinaga mingan xudkush Xitoy elchixonasining g‘arbiy qismidagi zirhli darvozaga mashinasini urib, portlashni amalga oshirgan.

Portlash natijasida mashina parchalanib, xudkushning jasadi ham bo‘laklarga bo‘linib, atrofga sochilib ketgan.

Xitoy elchixonasining g‘arbiy darvozasini qo‘riqlayotgan xodim boshidan jarohat oldi. Bishkek “Tez yordam” xizmatining bildirishicha, portlashda uch odam yaralangan.

Kuch ishlatar tuzilmalar rasmiylari portlashdan so‘ng bir qanoti singan zirhli darvoza xudkushga jiddiy to‘siq bo‘lganini va bu bilan portlash elchixona ichida sodir etilishining oldi olinganini aytmoqda.

Ammo voqea guvohlaridan biri portlash elchixona ichkarisida bo‘lganini bildirdi:

-Mashina bizning darvozamiz oldidan burilib, to‘g‘ri elchixona davrozasiga kelib urildi va elchixona ichkarisida o‘zini portlatib yubordi, -dedi voqea guvohlaridan biri.

Хитой элчихонасидаги портлаш
Илтимос кутинг
Киритиш (Embed)

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:02:28 0:00

Portlash oqibatida elchixona atrofidagi uylarning derazalari singan. Voqea guvohlarining aytishlariicha, portlash ortidan kelib chiqqan alanga o‘ttiz metrgacha yuqoriga ko‘tarilgan.

Bosh vazirning xavfsizlik va mudofaa bo‘yicha o‘rinbosari Jenish Razzakov voqea joyiga shaxsan kelib, vaziyatni o‘rganmoqda. Jenish Razzakov voqea joyida hozir bo‘lgani jurnalistlarga “portlashni xudkush amalga oshirgan”, degan ma’lumotni tasdiqladi.

Bosh vazir o‘rinbosariga ko‘ra, portlashda yaralanganlarning barchasi Qirg‘iziston vatandoshlaridir. Xudkush hujumi paytida Xitoy elchixonasida kimlar bo‘lgani hozircha noma’lum.

Xitoy elchixonasidagi portlash yuzasidan dastlabki tekshiruv va tezkor qidiruv ishlarini Qirg‘iziston milliy xavfsizlik xizmati olib bormoqda.

Elchixona binosini maxsus xizmatlar sapyorlari tekshiruvdan o‘tkizmoqda.

XS
SM
MD
LG