Линклар

Шошилинч хабар
28 март 2024, Тошкент вақти: 23:53

O‘zTV Islom Karimovning mamlakat xalqiga tabrigini o‘qib eshittirdi


31 avgust oqshomida “O‘zbekiston” telekanalining rus tilidagi “Axborot” informatsion dasturida Islom Karimovning mamlakat mustaqilligining 25 yilligi munosabati bilan O‘zbekiston xalqiga tabrigi o‘qib eshittirildi.

Tabriknomani o‘qigan televidenie diktori prezidentning salomatligiga oid ma’lumot bermadi.

Prezident tabriknomasi matni 31 avgust, kunning ikkinchi yarmida Darakchi.uz saytida paydo bo‘ldi. Matnni e’lon qilar ekan, sayt matnning doimiy adresi O‘zA axborot agentligiga ishora ham bergan edi. Lekin ko‘p o‘tmay, Darakchi. uz tabrik matnini olib tashladi.

Darakchi bergan ishora bilan O‘zA agentligi saytiga kirib bo‘lmadi. Ushbu satrlar yozilayotgan daqiqalarda ham kirib imkonsiz bo‘ldi.

Ayni paytda O‘zbekiston prezidenti Islom Karimovning taqdiri u haqda tarqatilayotgan bir-biriga zid xabarlar fonida hamon jamoatchilik uchun mavhum bo‘lib qolmoqda.

30 avgust kuni Farg‘ona axborot agentligi ismi ochiqlanmagan manbalarga tayanib, uning vafot etgani haqida xabar berdi. Rossiyaning Interfaks agentligi esa bu xabarni inkor etib, Islom Karimovning hayot ekani to‘g‘risida ma’lumot tarqatdi.

O‘zbekiston hukumati 28 avgust kuni Islom Karimov statsionar davolanishga yotqizilgani haqida xabar bergan edi. Keyinroq prezidentning qizi Lola Karimova-Tillaeva Instagram sahifasida otasi insult bo‘lganini yozgan.

XS
SM
MD
LG