Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 09:47

"Avvalgisini dafn qilgan odam keyingisidir"


O‘zbekiston Oliy Majlisi kengashlari hamda Vazirlar Mahkamasi Bosh vazir Mirziyovni marhum prezident Karimovning dafn marosimini o‘tkazish bo‘yicha komissiyasi raisi etib tayinladi.

Bir kun avval 1 sentabr kuni tushdan so‘ng Bosh vazir Mirziyoev favqulodda Samarqandga kelib Karimovning dafn marosimini uyushtirish tadbirlarini boshlab yuborgan edi.

Shaharda xavfsizlik choralari kuchaytirilib, tozalash, yangi yo‘llarni yotqizish va Karimov uchun maqbara qurish ishlari boshlandi.

Samarqand xalqaro aeroportiga kelayotgan mehmonlarni 2003 yildan beri o‘z lavozimini egallab kelayotgan Mirziyov kutib olmoqda.

SSSR davrida shakillangan taomil Davlat rahbarining dafn marosimini uyushtirish komissiyasining raisi ko‘p o‘tmay o‘zi hokimiyat tepasiga kelgan. Sovet ittifoqi parchalanib 25 yil mustaqil yashagan O‘zbekistonda hamon shu sovetcha yozilmagan qonun ishga tushishi mumkinmi?

Mustaqil jurnalist va marhum prezident Karimovning saylov kampaniyasi tashviqotchisi Ismat Xushev fikrcha, Mirziyovning Samarqandga borib dafn bilan bog‘liq xo‘jalik ishlari bilan shug‘ullanishi uning mavqei pasayganidan dalolatdir.

Biroq qozog‘istonlik siyosatshunos Aydos Sarыm fikricha, joriy vaziyatda 58 yoshli Mirziyov vaziyatni jilovlab turgan eng kuchli shaxsdir.

"Xuddi sovet davrida bo‘lgani kabi, Karimov dafn komissiyasining raisi uning merosxo‘ri bo‘ladi. Avvalgisini dafn qilgan keyingisidir" - deb hisoblaydi Aydos Sarim.

"O‘zbeklar - juda murosali xalq. Ularning kazolari o‘zaro kelishishni yaxshi biladi. Ularni bir-birlari bilan o‘zaro iqtisodiy manfaatlar va qarindoshlik rishtalari bog‘lab turadi" - deydi Sarim.

O‘zbekiston Birinchi Prezidenti I.A.Karimovning dafn marosimini o‘tkazish bo‘yicha tashkil etilgan Davlat komissiyasining tarkibi O‘zbekistonning joriy hukumatida hech qanday o‘zgarish sodir bo‘lmaganini ko‘rsatadi. Ular orasida Milliy xavfsizlik xizmatining raisi Rustam Inoyatov, marhum prezident Karimov Devoni Ishlar boshqaruvchisi Zelimxon Haydarov, Moliya vaziri Rustam Azimov eng qudratli shaxslarlar sanaladi.

Konstitutsiya qaerda qoldi?

Marhum Karimovning dafn marosimini o‘tkazish komissiyasi raisining o‘rinbosari O‘zbekiston Oliy Majlisi Senatining Raisi N. Yo‘ldoshev Konstitsiya bo‘yicha muvaqqat prezidentlik vakolatini bajarishi lozim. Biroq bu vakolat unga o‘tganligi hali rasman e’lon qilinmay turib Rossiya prezidentining rasmiy sahifasida Vladimir Putin Karimov o‘limi munosabati bilan o‘z ta’ziyasini "O‘zbekiston prezidenti vazifasini bajarayotgan Nig‘matulla Yo‘ldoshev"ga izhor etgani haqida bildirildi.

Shu ma’noda rasmiy Kreml O‘zbekistonda hokimiyat almashinuvi Konstitutsiyaga asosan amalga oshishiga yo umid qilmoqda, yoki aynan shunday bo‘lishiga shubha qilmayotir.

Yangi prezident o‘z kursini yana noma’lum muddatga egallashga hozirlik ko‘rayotgan bir paytda, eskisi uchun hatto Andijon qirg‘ini qurbonlariga nasib etmagan uch kunlik motam e’lon qilindi.

2016 yil 3 sentyabrdan respublikaning barcha hududlarida motam tadbirlari o‘tkazilishi rejelashtirilmoqda.

"Xalqimizning, korxonalar, tashkilotlar, ta’lim muassasalari va keng jamoatchilikning fikrini hisobga olib, bir oy muddatda O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Abdug‘anievich Karimovning xotirasini abadiylashtirish bo‘yicha takliflar kiritsin." - deyiladi Parlament va hukumatning qo‘shma axborotida.

XS
SM
MD
LG