Линклар

Шошилинч хабар
28 март 2024, Тошкент вақти: 17:58

Paxta-2016: Bir oiladan - bir tonna paxta


O‘zbekistonda mamlakat birinchi prezidenti o‘limi munosabati bilan e’lon qilingan uch kunlik motam tugar-tugamas¸ joylarda “paxta siyosati” boshlandi. Bu siyosat ijrosiga yaqin Ozodlik manbalari yangi mavsumning o‘tgan yillarga nisbatan og‘irroq bo‘lishi kutilaëtgani¸ xalqni ommaviy tarzda terimga majburlashning yangi yo‘llari o‘ylab chiqilayotganini bildirdi.

Yangi va yangi xilma-xil...

Jizzaxda bu yilgi paxta mavsumi hozirga qadar “paxtakor xalq” tarixida ko‘rilmagan yangi tashabbus bilan boshlandi.

“O‘tgan yillarda mahalla va uchastkovoylar uyma-uy yurib¸ “har bir xonadondan kamida bitta odam paxta terishga chiqsin¸ bo‘lmas pensiya-nafaqa yo‘q”¸ degan bo‘lsa¸ bu yil yangi yo‘lini topishdi. Bu yilgi shior – bir oila bir tonna paxta teradi¸ degan mazmunda. Bir oilada o‘nta odam yashaydimi¸ ikkita¸ farqi yo‘q. Har bir oila yaqin-atrofdagi fermerning yeriga chiqib¸ jami bir tonna paxta terib berishi kerak. Masalan¸ bir kun beshtasi chiqib¸ 50 kilodan tersa¸ fermer ularga 250 kilo terdi¸ degan qog‘oz beradi. Shunaqa qilib¸ bir tonna terib berishi kerak bu yil. Terishni xohlamasa¸ deylik qo‘lida puli bor tadbirkor bo‘lsa¸ yo mardikor chiqarib terdiradi¸ yoki¸ fermerga pulini berib¸ yolg‘on qog‘oz oladi. Boshqa chorasi yo‘q¸ deydi Ozodlikka yangi paxta mavsumini tashkillashtirishga yaqin jizzaxlik manba.

Mazkur tashabbus viloyat hokimligi emas¸ balki Toshkentdan kelganini qo‘shib o‘tgan suhbatdosh¸ bu yil har bir viloyatda paxta mavsumini Bosh vazir Shavkat Mirziyoevning Toshkentdan kelgan ishonchli vakili boshqarishini ta’kidladi.

“Har yil paxtani Mirziyoevning o‘zi boshqarardi. Bu yil endi hokimning ustiga Toshkentdan uning ishonchli odamlari¸ ya’ni kuratorlar keldi. Hokimlarning oyog‘i qaltirab o‘tiribdi¸ bu yil oldingilaridan ham battar bo‘ladi¸ deb”¸ deydi hokimiyat tizimiga yaqin Ozodlik manbasi.

“Bir oila – bir tonna paxta” “ixtiyoriy guruh” tashabbusi

Ozodlik manbalarining aytishicha¸ Karimovga ochilgan uch kunlik motamdan so‘ng start berilgan bu yilgi paxta mavsumini¸ Vazirlar Mahkamasi buyrug‘i bilan xalqaro jamoatchilik ko‘ziga mutlaq ixtiëriy qilib ko‘rsatish taraddudi boshlangan.

Ayni shu maqsadda¸ butun mamlakat bo‘ylab paxta yig‘im-termi bo‘yicha ixtiyoriy guruhlar tashkillashtirilmoqda.

“Bu yilgi yangilik ixtiyoriy guruhlar tuzish¸ shu bilan ishsiz yurganlarni ish bilan ta’minlash tashabbusidir. Tepadan buni aholining o‘zidan chiqqan tashabbus deb tashkillashtirish aytildi. Mahalla¸ ayniqsa¸ mahalladagi faol ayollar bu guruhlarga bosh-qosh bo‘lmoqda. Paxta xalqniki¸ shuni ëg‘ingarchilikka qoldirmasdan o‘zimiz yig‘ib olamiz¸ deb uyma-uy chiqishayapti. Bu guruhlarni hokimiyat nazorat qilayapti¸ albatta”¸ deydi janubiy viloyatlardan biri hokimligiga yaqin yana bir manba.

Eski hammom¸ eski tos

5 sentabr kuni Ozodlik suhbatlashgan davlat tashkilotlari xodimlari¸ qolaversa¸ ayrim fermerlar¸ hozircha Karimov vafoti bilan izma-iz boshlangan yangi paxta mavsumida qandaydir o‘zgarish sezmayotganlarini aytdilar.

-O‘sha-o‘sha. Byudjet tashkilotlari allaqachon paxtaga chiqadiganlar ro‘yxatini tuzib¸ birinchi guruhini terimga jo‘natib bo‘ldi. O‘qish bugun boshlangani uchun¸ hali talabalarga indashmadi. 10 dan ularni ham chiqaradi¸ deyishayapti. Byudjetchilarning hammasiga yo paxtaga chiqasan¸ yoki pul berasan¸ degan zug‘um Karimov o‘lmasdan oldindan boshlangan edi¸ bugun ham davom etayapti. Masalan¸ maktab direktorlariga har bir uydan bittadan odamni paxta olib chiqasan¸ qanday olib chiqasan¸ bu sening ishing¸ degan topshiriq bo‘ldi. Hali ommaviy terim boshlanmadi¸ ammo shu kunlardagi majlislarda faqat shunaqa gap bo‘layapti. Hozircha hukumatning paxta siyosatida bir yumshash ko‘rganim yo‘q¸deydi o‘zi ham paxta mavsumiga bevosita aloqador Ozodlik manbalaridan biri.

Mirziyoev islohotlari

O‘zbekiston Bosh vaziri sifatida mamlakat qishloq xo‘jaligi¸ xususan¸ paxta siyosatiga mas’ul bo‘lgan Shavkat Mirziyoev fermerlarni davlat rejasini bajarishga majburlashning xilma-xil usullarini qo‘llab kelgan boshqaruvchi sifatida tanilgan.

Kuchishlatar tizimlarining faol ishtiroki va kuchli bosimi ostida tashkillashtirib kelingan paxta yig‘im-terim mavsumi yillardan beri xalqaro maydonda keskin tanqidga uchrab kelmoqda.

Jahon miqyosida umumiy daromadi bir trillion dollarga etuvchi G‘arb shirkatlari bolalar mehnati vositasida terilgan o‘zbek paxtasini boykot qilgani ortidan¸ 2013 yildan boshlab Mirziyoev hukumati paxta mavsumida bolalar mehnatini taqiqlovchi qator hujjatlar qabul qildi.

Toshkent shuningdek qishloq xo‘jaligi¸ xususan¸ paxtachilikda islohot qilish iddaosi bilan o‘tgan yili Jahon bankidan yarim milliard dollarlik imtiyozli kredit oldi.

Shunga qaramay xalqaro kuzatuvchilar¸ O‘zbekistonda paxta mavsumida majburiy mehnatdan voz kechishga imkon beruvchi tub islohotlardan hanuzgacha darak yo‘qligini aytmoqdalar.

Kuzatuvchilarga ko‘ra¸ ayni kunlarda boshlangan 2016 yilgi paxta terim mavsumi prezident Karimov vafotidan so‘ng uning eng kuchli vorisi sifatida ko‘rilayotgan Shavkat Mirziyoevning Karimovsiz O‘zbekistonni boshqarish uslubida biror o‘zgarish qilish-qilmasligidan signal beruvchi birinchi jiddiy sinov bo‘ladi.

XS
SM
MD
LG