Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 16:55

Chegarani endi qirg‘izlar yopdi: Shohimardonda 600 dan oshiq o‘zbekistonlik uyiga qaytolmay qoldi


Avvali Toshkent¸ 3 sentabrdan Bishkek hukumati o‘zaro chegaralardan O‘zbekiston va Qirg‘iziston vatandoshlarining o‘tib-qaytishini noma’lum muddatga taqiqladi.
Avvali Toshkent¸ 3 sentabrdan Bishkek hukumati o‘zaro chegaralardan O‘zbekiston va Qirg‘iziston vatandoshlarining o‘tib-qaytishini noma’lum muddatga taqiqladi.

O‘zbekistonning Qirg‘iziston hududidagi Shohimardon va So‘x eksklavlari endi qirg‘iz chegarachilari qamalida qoldi. Birgina Shohimardon qishlog‘ida 22 avgustga qadar dam olish va to‘y-ma’rakaga kelib¸ uyiga qaytib ketolmayotgan 600 dan oshiq odam hokimiyatdan yo‘lni ochib berishni talab qilmoqda. Ozodlik bilan suhbatda Qirg‘iziston Davlat chegara komiteti rasmiysi 3 sentabrdan o‘zbek-qirg‘iz chegarasining Bishkek qarori bilan noma’lum muddatga yopilganini bildirdi.

7 sentabr kuni O‘zbekistonning Farg‘ona tumaniga qarashli Shohimardon qishlog‘ida qamalda qolgan 600 dan oshiq o‘zbekistonlik nomidan Ozodlikka yordam so‘rab murojaat bo‘ldi.

Shohimardon qishlog‘i O‘zbekiston hududi¸ biroq bu qishloqqa borish yo‘li Qirg‘iziston hududidan o‘tadi.

22 avgustdan O‘zbekiston hukumati mamlakat mustaqilligining 25 yilligi bayrami arafasida qo‘shni davlatlar¸ xususan¸ Qirg‘iziston bilan o‘zaro chegaralarini bir tomonlama yopishga qaror qildi. Bu qarorning xavfsizlikni ta’minlash maqsadida olingani aytildi.

Shohimardondan murojaat qilganlar ta’kidicha¸ ayni kunlarda¸ o‘zaro chegarani qirg‘iz tomoni yopishga qaror qilgan va yuzlab o‘zbekistonlik O‘zbekistonga¸ o‘z uyiga qaytolmay qamalda qolgan.

"Shohimardon qamali"da qolganlardan biri bilan suhbatni to‘lig‘icha quyida tinglang:

Ўринова Одина билан суҳбат
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:07:53 0:00
Бевосита линк

Suhbatdosh¸ chegaradan Qirg‘iziston chegarachilari o‘tkazmayotgani va o‘zbek rasmiylari ham ularning uyiga qaytolmagani uchun qirg‘iz tomonining chegarani taqa-taq yopib qo‘yganini ro‘kach qilayotganini aytdi.

Ozodlik bilan suhbatda Qirg‘iziston Davlat chegara komiteti matbuot xizmati rahbari Sajira Chokolaeva bu gapni tasdiqladi va 3 sentyabrdan boshlab Bishkek hukumati chegaralarni noma’lum muddatga yopib qo‘yganini ma’lum qildi.

Қирғизистон чегара комитети матбуот котиби Сажира Чоколоева билан суҳбат
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:05:03 0:00
Бевосита линк

Bishkek rasmiysi o‘zara chegaralarning 22 avgustdan Toshkent qarori bilan¸ 3 sentabrdan boshlab¸ Bishkek qarori bilan yopilgani va o‘zbek-qirg‘iz vatandoshlari uchun o‘zaro o‘tib-qaytishning qachon ochilishi noma’lum ekanini bildirdi.

Ozodlik suhbatlashgan kuzatuvchilar¸ qirg‘iz tomonining chegarani 3 sentabrdan boshlab chegaralardagi o‘tish-qaytishni to‘xtatib qo‘yganini¸ ikki hukumat o‘rtasida tortishuvga sabab bo‘layotgan Ungurtepa muzokaralari bilan bog‘lamoqda.

22 avgustda O‘zbekiston Qirg‘izistonning radiorele stansiyalari joylashtirilgan Ungartepa hududiga ikkita vertolyotda 7 kishilik militsiya desantini tashladi. Bu voqea qirg‘iz rasmiylari 13 avgust kuni o‘zbek militsionerini qo‘lga olgani ortidan sodir bo‘ldi.

23 avgust kuni o‘zbek militsioneri Olabuqa tuman sudi tomonidan chegarani noqonuniy bosib o‘tganlikda aybdor deb topilib, qariyb 300 dollarlik jarimaga tortildi va O‘zbekistonga deportatsiya qilindi.

Rasmiy Bishkek Toshkentdan Ungartepa hududidan militsionerlarni olib chiqib ketishni talab qilmoqda, biroq O‘zbekiston bu talabni bajarishga shoshilmayotir.

Kuzatuvchilarga ko‘ra¸ ana shu muzokaralarda O‘zbekiston tomoniga bosim o‘tkazish vositasi sifatida Qirg‘iziston o‘zbek eksklavlariga kirish-chiqishni to‘xtatishga qaror qilgan bo‘lishi mumkin.

XS
SM
MD
LG