Линклар

Velosipedda 520 km yo‘l bosib kelgan Husan bobo Karimov qabrini ziyorat qildi


Husan bobo feysbukchi muxlislari kiyg‘izgan zarbof choponda.

Prezident Karimovning qabri ustida marhumning haqiga fotiha o‘qish uchun 5 sentabr erta tongda Namangandan velosipedda yo‘lga chiqqan 76 yashar pensioner Husan Hojiboev bilan 9 sentabr kuni Samarqandda qosh qorayishi oldidan gaplashdik.

Namangan viloyati Chortoq tumanidagi Koroson qishlog‘idan 521 kilometrlik yo‘lga chiqqan otaxon Ozodlik bog‘langan daqiqalarda safaridan murodi hosil bo‘lib¸ ko‘tarinki kayfiyatda uyiga qaytish uchun eski velosipedini mashinaga ortayotgan edi.

Husan Hojiboevning ziyorati to‘g‘risidagi Ozodlik xabarini o‘nlab Internet nashrlar ko‘chirib bosganidan so‘ng, korosonlik oqsoqol mashhur bo‘lib ketdi. Ijtimoiy tarmoqlarda , bir guruh entuziastlar pul yig‘ib u kishiga yangi velosiped olib berish tashabbusini ko‘tardi.

Ana shu tashabbuschilardan to‘rttasi Husan boboni Jizzaxga kiraverishda ushlab¸ unga zarbof chopon kiygizib¸ unga feysbukchilar ehtiromini yetkazishdi.

Ozodlik bilan 9 sentabr kungi suhbatda o‘zini "eski chekist" deb tanishtirgan Husan boboga endi feysbukchi muxlislari yangi velosiped olib bermoqchi¸ bobo esa¸ bu velosipedda Hajga borishni orzu qilmoqda.

XS
SM
MD
LG