Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 00:23

4 qirg‘iz militsioneri qaytarib berilganiga qaramay, Shohimardon “qamali” davom etmoqda


O‘zbekistonning atrofi Qirg‘iziston hududi bilan o‘ralgan Shohimardon eksklaviga borgan yuzlab o‘zbekistonlik qirg‘iz-o‘zbek chegarasidan o‘tolmay, "qamal"da qolayotgani to‘g‘risida Ozodlik 7 sentyabrda xabar qilgan edi.

O‘shandan beri chegaradagi vaziyat yumshatilishi uchun kuzatuvchilar taxmin qilgan bir shart bajarildi: O‘zbekiston 9 sentabrga o‘tar kechasi o‘zbek-qirg‘iz chegarasidagi Ungartepa hududida qo‘lga olingan to‘rt nafar qirg‘izistonlikni hibsdan ozod qildi. Biroq shunga qaramay, 11 sentabr kuni ma’lum bo‘lishicha, dam olish uchun Shohimardonga O‘zbekistonning asosiy hududidan borganlar hanuz ortga qayta olmayapti.

Chegaraning yopiq qolayotgani to‘g‘risidagi norasmiy xabarlarni Farg‘ona viloyat, Farg‘ona tuman hokimligi mulozimi tasdiqladi. (Shohimardon qishlog‘i ma’muriy-hududiy jihatdan shu tumanga qaraydi). Hokimlikning aynan shu masala bilan shug‘ullanayotgani aytilgan Abduhoshim ismli mulozimi Ozodlikning bu masaladagi savollariga javob berishni istamadi.

O‘zi toshkentlik, lekin Farg‘onada yashaydigan 32 yashar Odina O‘rinova 3 kun dam olish uchun yo‘llanma bilan Shohimardonga 21 avgustda kelgani, o‘shandan buyon uyiga qaytolmayotgani to‘g‘risida Ozodlikka 7 sentabr kuni aytib bergan edi.

Odina O‘rinova bilan 11 sentabr kuni Ozodlik yana bog‘landi.

- Haligacha o‘sha o‘tirish, o‘sha turish. Yo‘l ochildi degan yangilik yo‘q. Sovuqlar tushib qoldi. Oyoqlarimiz sovqotishni boshladi. Qurbon hayitini uyimizda kutamiz, degandik. Nasib qilmaganga o‘xshaydi, deydi Shohimardonga 3 kunga borib, 22 kundan buyon Farg‘onaga qaytolmayotgan ayol.

Uning aytishicha, qamalda qolganlar har kuni Shohimardon “hokimi”ga qatnamoqda, lekin naf yo‘q.

Farg‘onalik inson huquqlari himoyachisi Abdusalom Ergashevning aytishicha, Shohimardonga Odina O‘rinovadan oldinroq borganlar ham bor.

- Marg‘ilondan 40 kishi 13 yoki 14 avgustda ketgan edi Shohimardonga. Demak, qariyb 1 oy bo‘ldi, vaholanki, ular ko‘pi bilan 1 haftada ortga qaytishlari kerak edi, dedi Abdusalom Ergashev.

Qamalda qolayotganlar ularni Qirg‘iziston chegarachilari o‘tkazmayotgani va o‘zbek rasmiylari ham ularning uyiga qaytolmagani uchun qirg‘iz tomonining chegarani taqa-taq yopib qo‘yganini ro‘kach qilayotganini aytgan edi.

Ozodlik bilan 7 sentabr kungi suhbatda Qirg‘iziston Davlat chegara komiteti matbuot xizmati rahbari Sajira Chokolaeva bu gapni tasdiqlagan va 3 sentabrdan boshlab Bishkek hukumati chegaralarni noma’lum muddatga yopib qo‘yganini ma’lum qilgan edi.

O‘tgan haftada Ozodlik suhbatlashgan kuzatuvchilar¸ qirg‘iz tomonining 3 sentabrdan boshlab chegaralardagi o‘tish-qaytishni to‘xtatib qo‘yganini¸ ikki hukumat o‘rtasida tortishuvga sabab bo‘layotgan Ungurtepa muzokaralari bilan bog‘lagan edi.

Biroq o‘tgan jumada masala hal bo‘lganday bo‘ldi: O‘zbekiston 9 sentabrga o‘tar kechasi o‘zbek-qirg‘iz chegarasidagi Ungurtepa hududida qo‘lga olingan to‘rt nafar qirg‘izistonlikni hibsdan ozod qildi.

Qirg‘iz vatandoshlari O‘zbekistonning Namangan viloyati Yangiqo‘rg‘on tuman tergov izolyatorida 18 kun hibsda saqlandi. Qirg‘izistonning Jalolobod viloyat ichki ishlar boshqarmasi rahbari Jenish Jo‘rabekovning aytishicha, qirg‘iz vatandoshlari o‘z vatanlariga yetib kelgan.

Lekin shunga qaramay, Shohimardon va O‘zbekistonning yana bir eksklavi – So‘xdagi vaziyat o‘ta murakkabligicha qolmoqda.

XS
SM
MD
LG