Линклар

Шошилинч хабар
16 апрел 2024, Тошкент вақти: 13:35

Nazarboev Karimov bilan vidolashish va Mirziyoevning "tomirini ushlab ko‘rish" uchun Samarqandga keldi


Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboev 12 sentabr kuni amaliy safar bilan O‘zbekistonga keldi. “Qozog‘iston prezidenti O‘zbekistonning birinchi prezidenti Islom Karimovning xotirasi hurmatiga Samarqandga keldi”, deyiladi Qozog‘iston prezidenti ma’muriyati matbuot xizmati xabarida.

Qozog‘iston rahbarining Samarqandga tashrifi davomida Nursulton Nazarboev Islom Karimovning qabriga gul qo‘ydi va uning oilasi a’zolari bilan uchrashdi.

Tadbir chog‘ida Nusulton Nazarboev uni Islom Karimov bilan uzoq yillar davomida mustahkam do‘stlik, yaqin hamjihatlik va o‘zaro qo‘llab-quvvatlash bog‘lab turganini ta’kidlab o‘tdi.

"Aminmanki, o‘zbekistonliklarning yangi avlodi, davlat rahbarlari har doim Islom Karimovni xotirlaydi. Uning ulug‘vor merosi, davlat rahbari sifatidagi faoliyati natijalari avlodlar tomonidan o‘rganiladi, ishlari esa o‘zbek xalqi tarixiga zarhal harflar bilan bitiladi. U butun dunyoga taniqli edi, mamlakat iqtisodiyotining oyoqqa turishi va o‘sishi, xalq farovonligining oshishi uning nomi bilan bog‘liq. Biz buyuk insonni yo‘qotdik", - dedi Qozog‘iston prezidenti.

Qozog‘iston prezidenti ma’muriyati matbuot xizmatiga ko‘ra, Nazarboevning Samarqandga safari doirasida O‘zbekiston prezidenti vazifasini bajaruvchi Shavkat Mirziyoev bilan uchrashuvi rejalashtirilgan.

Ozodlikning Vazirlar Mahkamasiga yaqin manbasidan olingan ma’lumotga qaraganda, 12 sentabrga Mirziyoevning davlat va xo‘jalik ishlarida yuqori lavozimlarda ishlagan bir qator faxriylar bilan uchrashuvi rejalashtirilgan edi. Biroq qo‘shni davlat rahbarining safari munosabati bilan bu uchrashuv boshqa kunga qoldirilgan va Mirziyoev Samarqandga ketgan.

Nursulton Nazarboev Shavkat Mirziyoev prezident vazifasini bajaruvchi lavozimiga tayinlanganidan so‘ng uchrashayotgan birinchi chet davlat rahbaridir.

Bundan oldin - 6 sentabrda Rossiya prezidenti Vladimir Putin Samarqandga safar qilgan va Islom Karimovning qabriga gul qo‘ygan edi. O‘sha kuni Putinni Mirziyoev bosh vazir sifatida kutib olgan edi.

Rossiya rahbariga hamroxlik qilgan Shavkat Mirziyoev o‘z ma’ruzasida "Putin va Karimov bunyod etgan ko‘prikni mustahkamlashda davom etamiz", deb ta’kidlar ekan, bunday degan edi:

"Sizning bugungi tashrifingiz ham munosabatlar darajasidan darak va buning uchun biz minnatdormiz. Biz Rossiya Federatsiyasi bilan tashqi aloqalarda to‘laqonli strategik sheriklikka egamiz va biz siz va Islom Karimov uzoq yillar davomida bunyod etib kelgan ko‘prikni mustahkamlashda davom etamiz".

Vladimir Putin ham, Nursulton Nazarboev ham Islom Karimovni dafn etish marosimiga kelmagan.

O‘zbekiston Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining 8 sentabr kuni o‘tkazilgan qo‘shma yig‘ilishida mamlakat prezidenti vazifasini vaqtincha bajarish vakolati konstitutsiyada ko‘zda tutilgani kabi Senat raisi Nig‘matulla Yo‘ldoshevga emas¸ Bosh vazir Shavkat Mirziyoevga topshirildi.

1957 yilda tug‘ilgan Shavkat Mirziyoev Toshkent Irrigatsiya va melioratsiya institutini tugatgan. Hokimiyat pillapoyalaridan ko‘tarilishni Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tuman hokimi lavozimidan boshlab¸ so‘ngra Jizzax va Samarqand viloyati hokimi bo‘lib ishlagan. 2003 yildan beri O‘zbekiston Bosh vaziri lavozimida ishlab kelgan.

Toshkent mamlakatning birinchi prezidenti o‘limini e’lon qilgan 2 sentabr kuni Mirziyoev Karimovni dafn qilish bo‘yicha tashkil etilgan davlat komissiyasi raisligiga tayinlandi.

***

Nursulton Nazarboev Samarqandga shunchaki odamgarchilik yuzasidan, ko‘p yillik hamkasbiga fotiha o‘qib ketish uchun keldimi yoki bu tashrif zamirida boshqa maqsadlar ham bormi?

Nazarboevning Karimovsiz Toshkent bilan munosabatlari bundan keyin qanday ko‘rinish kasb etishi mumkin?

Shu va shunga o‘xshash savollarni Ozodlik qozog‘istonlik siyosatshunos Aydos Sarimga berdi:

Қозиғистонлик сиёсатшунос Айдос Сарим Назарбоевнинг Ўзбекистонга сафари тўғрисида
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:05:01 0:00
Бевосита линк

XS
SM
MD
LG