Линклар

Шошилинч хабар
20 апрел 2024, Тошкент вақти: 09:07

Shavkat Mirziyoev tashrifi munosabati bilan Jizzax batamom berkitildi


O‘zbekiston bosh vaziri va vaqtincha prezident vazifasini bajaruvchi Shavkat Mirziyoev mamlakat muvaqqat prezidenti sifatida viloyatlarga ilk safarini tug‘ilib o‘sgan Jizzax viloyatidan boshladi. 16 sentabr kuni Mirziyoev Jizzaxga vertolyotda uchib bordi. Muvaqqat prezidentning tashrifi munosabati bilan shaharda xavfsizlik choralari misli ko‘rilmagan darajada kuchaytirilgani, u yurishi mumkin bo‘lgan yo‘llar yopib qo‘yilgani aytilmoqda.

Ozodlik tasarrufidagi ma’lumotlarga ko‘ra, Shavkat Mirziyoev ayni daqiqalarda Jizzax viloyati hokimligida selektor majlisi o‘tkazmoqda.

Majlisda viloyat rahbariyatidagi o‘zgarishlar bilan bog‘liq tashkiliy masalalar ko‘rilayotir.

Ozodlik manbalariga ko‘ra, Mirziyoevning safari munosabati bilan Jizzax shahrida xavfsizlik choralari nihoyatda kuchaytirilgan.

Muvaqqat prezident yurishi mumkin bo‘lgan yo‘llar atrofi tozalanmoqda.

Bir kun avval Jizzaxdagi tashkilot xodimlari va kollej talabalari prezidentni kutib olish oldidan ommaviy tarzda majburiy hashar ishlariga jalb etilgandi.

Jizzaxlik jurnalist Ulug‘bek Ashur Facebook sahifasida bu haqda yozdi.

Faollar Shavkat Mirziyoevning bosh vazir sifatida avvalgi viloyatga safarlari chog‘ida bunday chora-tadbirlar amalga oshirilmaganini aytishadi.

"Uzunligi 70 kilometrdan ortiq Jizzaxdan Mirzacho‘l tumani markazi - Gagarin shahriga qadar bo‘lgan yulning ikki chetiga har 100 metrdan militsiya xodimlarini qo‘yishibdi," dedi jizzaxliklardan biri.

Prezidentlikka nomzodi ilgari surilgan Mirziyoevning Jizzaxga tashrifi ilk saylovoldi tadbiri o‘laroq ko‘rilayotir.

Ayni paytda O‘zbekistondagi O‘zLiDeP partiyasi siyosiy kengashi a’zolari Shavkat Mirziyoev nomzodini prezidentlikka ilgari surdi.

Jizzaxlik huquq faoli O‘ktam Pardaev Ozodlik bilan suhbatda Shavkat Mirziyoevning muvaqqat prezident sifatida viloyatlarga safarini aynan Jizzaxdan boshlayotgani bejiz emasligini aytdi.

"Mirziyoev Jizzaxdan bo‘lganligi uchun ham, o‘zi Zomindan asli, Jizzaxga nisbatan boshqacha qaraydi. Tug‘ilib o‘sgan joyida endi. Shuning uchun safarini Jizzaxdan boshlayapti, prezidentlikka nomzod sifatida," deydi Pardaev.

O‘zbekistonning birinchi prezidenti Islom Karimov 2 sentyabr kuni 78 yoshida hayotdan ko‘z yumgan va ona shahri Samarqandda dafn etilgandi.

8 sentabrda O‘zbekiston Senati tomonidan Bosh vazir Shavkat Mirziyoev O‘zbekiston konstitutsiyasining 96-moddasiga zid tarzda O‘zbekiston muvaqqat prezidenti etib tayinlangan edi.

O‘zbekiston prezident saylovi esa, joriy yilning 4 dekabr kuni bo‘lib o‘tadi.

XS
SM
MD
LG