Линклар

Шошилинч хабар
28 март 2024, Тошкент вақти: 19:41

Peterburgda politsiyadan pasportini qaytarishni talab qilgan o‘zbek sudga tortildi


Sankt-Peterburgda reyd paytida olingan pasportini qaytarishni talab qilgan o‘zbekistonlik muhojir, deportatsiya qilish uchun sudga tortildi.

Samarqandlik 25 yoshli Jasurning iddao qilishicha, pasportini qaytarishi uchun politsiya xodimi undan pora talab qilgan.

O‘z navbatda politsiya rasmiysi, Ozodlik bilan so‘hbatda, o‘zbekistonlik yigit da’volarini rad etdi.

Samarqandlik Jasur yaqinlaridan birining Ozodlikka ma’lum qilishicha, Jasur 2016 yilning 17 aprelida o‘zbeklarga qarashli “Uch quduq” kafesidan politsiya bo‘limiga keltirilgan.

Jasur yaqiniga ko‘ra bo‘limdagi politsiya xodimlaridan biri muhojir pasport va haydovchilik guvohnomasini olib, “2000 rubl jarima puli topib kel, keyin hujjatlaringni olasan,” deya o‘zini qo‘yib yuborgan.

"Jasur pulni o‘z vaqtida topolmay, 3 kundan keyin yana politsiya bo‘limiga kelgan. Hujjatlarni olgan politsiya hodimi bir necha kunga ta’tilga ketgan bo‘lgan. Samarqandlik yigit pasportni qaytarib olish uchun 4 oy politsiya idorasiga natijasiz qatnaydi," deb aytdi samarqandlik muhojir yaqinlaridan biri.

Sarson-sargardonlikdan toqati tog‘ bo‘lgan muhojir 14 sentabrda politsiya bo‘limiga kelib, yana pasportini berishlari yoki pasport yo‘qolgani haqida hujjat berishlarini,aks holda shikoyat qilishini bildirgan.

Politsiyachilar “biz seni pasportingni olganimiz yo‘q, bizga to‘hmat qilayapsan, ertaga seni deportatsiya qilamiz”, deya samarqandlik yigitni politsiya bo‘limiga qamab qo‘yishadi.

Ozodlik O‘zbekiston vatandoshi ushlangan Sankt-Peterburg shahri, Admiraltiyskiy tumani 77 politsiya bo‘limiga murojaat qildi.

O‘zini politsiya navbatchisi Andreyko deb tanishtirgan shaxs, Jasur Nurulloev pasporti politsiya xodimi tomonidan olingani rad etdi.

"Jasurning hujatlari yo‘q. Men undan hech qanday hujjat olganim yo‘q . O‘zbekiston vatandoshini sudga olib borishlari kerak. Uning haq-nohaqligini sud hal qiladi," dedi politsiya navbatchisi Andreyko.

Jasur sarguzashtidan yaxshi xabardor bo‘lgan o‘zbekistonlik faol Bek Nazar Ozodlik bilan so‘hbatda o‘zbekistonlik muhojirning boshiga tushgan muammo Rossiyada o‘ta keng tarqalganini aytdi.

"Jasurga o‘sha paytda pasportini politsiyachi olgani haqida ariza yozishini aytdim, advokatgacha gaplashib qo‘ydim, rozi bo‘lmadi, qo‘rqdi. Ana shunday paytlarda politsiyachilarga pora bergandan ko‘ra shikoyat arizasini yozish kerak. Migrantlar o‘zlarini haq-huquqlarini bilishlari kerak. Politsiya ushlagan paytda “nima sababdan ushlading, nimaga asoslanib pasportimni olayapsiz deb so‘rash kerak. Politsiyachi pasportini olgan bo‘lsa, undan pasporti olingani haqida hujjat talab qilishi kerak. Hozir Jasurni o‘zini aybdor qilib, deportatsiya qilishyapti. Aslida uning mutlaqo aybi yo‘q," deydi Bek Nazar.

Mehnat muhojirga nisbatan deportatsiya qilish qarori chiqarilgandan so‘ng, muhojir 10 kun davomida sud hukmidan norozi bo‘lib shikoyat arizasini topshirishi mumkin.

Kuzatuvchilarga ko‘ra, migratsiya qonunlarini buzganligda gumon qilingan muhojirlar ishi, mahkamda aksar hollarda muhojirlar zarariga hal etiladi.

XS
SM
MD
LG