Линклар

Шошилинч хабар
23 апрел 2024, Тошкент вақти: 21:37

Navalniy Medvedevning qimmatbaho dachasi haqidagi hisobotni e’lon qildi


Medvedev dala hovlisi
Medvedev dala hovlisi

O‘z hamyurtlari kabi Rossiya bosh vaziri Dmitriy Medvedev ham o‘rmonda qo‘ziqorin terishni xush ko‘radi. Medvedev qo‘ziqorin terayotgani aks etgan fotosuratlarni o‘z Instagram sahifasiga yuklagani muxolifatchi Aleksey Navalniyga Medvedev qimmatbaho dachaga aloqador ekanligini ko‘rsatib berishda yordam berdi.

15 sentabr kuni e’lon qilingan hisobotda Moskva sharqidagi Ivanovo viloyatida, Volga daryosi bo‘yida joylashgan dacha kompleksi haqida so‘z yuritiladi. Bir necha yildan beri ushbu dachada Medvedev xordiq chiqarishi aytib kelinadi.

Geografik koordinatlari ko‘rsatilgan surat yordamida Navalniy Medvedev Plyos shaharchasidagi dacha yaqinida bo‘lganini ko‘rsatib berdi. Matbuot xabarlariga ko‘ra, mahalliy aholi kompleks atrofidagi 6 metr baland yashil devor ortida nima borligiga qiziqib keladi.

Navalniy va uning yordamchilari kompleksni dron orqali tasvirga oldi. Olingan videoda qasrning hashamatli ekanligini ko‘rish mumkin. Kompleksda ulkan uy, pog‘onpli basseyn, chang‘i uchish uchun tepalik hamda kamida ikkita vertolyot qo‘nish joyi bor.

“Novaya gazeta” gazetasi 2011 yilda olib borgan izlanishlar davomida “Milovka mulki” nomi bilan ma’lkum bo‘lgan mazkur ulkan dacha “DAR jamg‘armasi” deb ataluvchi tashkilotga tegishli ekanligi, tashkilot “viloyatlarda xayriya ishlari bilan” shug‘ullanishi aniqlandi.

“DAR hamg‘armasi”ga rus milliarderlari Leonid Mixelson hamda Leonid Simanovskiyga tegishli bo‘lgan shirkat asos solgan. Uning boshqaruv kengashiga Medvedevning kursdoshi etakchilik qiladi. Simanovskiy hozirgi kunda “Yediniya Rossiya” partiyasidan Rossiya Davlat Dumasi deputatidir.

Navalniyga ko‘ra, Milovkaning muayyan qismi keyinroq “Gradislava” deb nomlangan, “tarixiy va madaniy mersoni saqlash” bilan shug‘ullanuvchi tashkilotga o‘tkazilgan. “Sobesednik” gazetasi 2014 yil “Gradislava” asoschisi Moskva yaqinida yana bir qimmat qasrga aloqdor ekanligini aniqladi. “Sobesednik” tarqatgan ma’lumotlarga ko‘ra, bu qasrga egalik qiluvchi shirkat etakchisi “DAR jamg‘armasi”ga aloqadordir.

Navalniy hisoboti e’lon qilinishi ortida Medvedevning matbuot kotibi Natalya Timakova bosh vazir Milovkada chindan tunaganini, ammo bu mulk unga tegishli emasligini yoki Medvedev uni ijaraga olmaganini ta’kidladi.

Navalniy Timakova sharhlariga javoban Twitterda “Agar Medvedev mulkdan bepul foydalandan bo‘lsa, bu korruptsiyaga kiradi”, deya javob yozdi.

Navalniy o‘z hisobotini 18 sentabr kuniga belgilangan parlament saylovdan bir necha kun avval e’lon qildi. Muxolifatchi saylovchilarni “Yediniya Rossiya” uchun ovoz bermaslikka chaqirdi.

Qizig‘i, Navalniy hiobotiga tayanch bo‘lgan surat 2013 yilning 15 sentabrida, ya’ni roppa-rosa uch yil avval chop etilgan.

Surat tavsifi faqat bitta so‘zdan iborat: “Kuz”.

Karl Shrek maqolasini inglizchadan o‘zbekchaga Nodir Ataev o‘girdi

XS
SM
MD
LG