Линклар

Шошилинч хабар
18 апрел 2024, Тошкент вақти: 14:38

133 ishidchi Tojikistonga ekstraditsiya qilindi


Tojikiston hukumati ma’lumotlariga qaraganda, bu mamlakatning 1000dan ortiq vatandoshi mamlakat tashqarisida bo‘lgan turli terroristik va ekstremistik guruhlarga qo‘shilib ketgan. Joriy yil 8 oyi davomida terrorizm va ekstremizmda ayblanayotgan o‘nlab yoshlar jazoni ijro etish maqsadida Vataniga qaytarilgan.

Tojikiston ichki ishlar Ramazon Raximzoda ma’lum qilishicha, Interpolning “Qalqon” loyihasi doirasida turli mamlakatlardan terrorizm va ekstremizmda ayblanayotgan Tojikistonning 151 ta vatandoshi ekstraditsiya qilingan.

Bularning 133 tasi “Islomiy davlati”, 5 tasi- "Jamoat Ansorullox", 4 tasi – isyonchi komandir Abduxalim Nazarzodaning guruhi, bittadan "Xizb-ut-Taxrir", "Salafiya", "24 guruhi" va "Jamoati Tablig‘" guruhlari va oqimlarining a’zolari hisoblanadi.

Tojikiston IIV ma’lumotlariga ko‘ra, so‘nggi 1,5 yil ichida 75 nafar Tojikiston vatandoshi Suriya va Iroqdagi janglardan keyin ixlosi qaytib, o‘z hohishlari bilan Tojikistonga qaytib kelishgan. Hukumat e’lon qilishicha, Tojikistonning 1100 dan ortiq vatandoshi Iroq va Suriyadagi janglarda ishtirok etish uchun jo‘nab ketishgan va hozirgi vaqtga kelib ulardan 300 tasining halok bo‘lganligi to‘g‘risida axborot mavjud.

Tojikiston ko‘p yillardan beri Interpolga a’zo hisoblanadi va shuning uchun ana shu tuzilmaning a’zo-mamlakatlarini o‘zining terrorizm va ekstremizm hamda boshqa og‘ir jinoyatlarni sodir etishda ayblanayotgan o‘nlab vatandoshlarini tutib berish va ekstraditsiya qilishga yordam berishlarini so‘rab kelmoqda.

XS
SM
MD
LG