Линклар

Шошилинч хабар
25 апрел 2024, Тошкент вақти: 10:25

Obama avtoritarizmdan voz kechishga, Erdo‘g‘on Gulanga qarshi chora ko‘rishga chaqirdi


AQSh prezidenti Barak Obama 20 sentabrda jahon liderlarini global inegratsiyalashuv jarayoni kursini "korreksiya qilgan holda” iqtisodiy notenglik, toqatsizlik, avtoritarizm va izolyatsiyalashuvga sabab bo‘luvchi boshqaruv modelidan voz kechishga chaqirdi.

"Men Amerikaning misoli noyob, deb hisoblamayman ", – dedi Obama va xalqlari o‘z fikriga ega bo‘lgan boshqa mamlakatlarni misol tariqasida keltirdi. U sobiq sovet blokiga kirgan Yevropa mamlakatlari hozirgi darajasiga demokratiyani rivojlantirish yo‘lidagi harakatlari tufayli erishishgan, deb aytdi.

BMT Bosh Assambleyasi yig‘ilishida AQSh prezidenti sifatida so‘nggi marta chiqish qilgan Barak Obama Rossiya “o‘zining unutilgan shuhratini” kuch ishlatish yo‘li bilan qaytarishga harakat qilayotganini ta’kidlab, Moskvaning qo‘shni davlatlar ichki ishlariga aralashishi Rossiyani obro‘sizlantirishidan ogohlantirdi.

Obama nutqi davomida globalizatsiya ortidan hukumatlarning qator ijtimoiy va iqtisodiy muammolarga panja ortidan qaragani natijasida taraqqiyot xavf ostida qolmoqda, deb hisoblashini bildirdi.

Shuningdek AQSh prezidenti Ukraina ishlariga aralashgani uchun Rossiyani, yadro sohasida xalqaro hamjamiyatga qarshi chiqqani uchun esa Shiomliy Koreyani tanqid qildi.

20 sentabr kuni BMT Bosh Assambleyasi yig‘ilishida chiqish qilgan Turkiya prezidenti Rejab Toyyip Erdo‘g‘on esa, jahon davlatlari yetakchilarini markazi AQShda bo‘lgan “terror tarmog‘iga” qarshi chora ko‘rishga chorladi.

Erdo‘g‘on “barcha do‘stlarimizni o‘z xavfsizliklari hamda davlatlari kelajagi uchun tezkorlik bilan gulanchilar terror tashkilotiga qarshi tegishli chora ko‘rishga chaqiramiz”, dedi.

Turkiya rasmiylari din peshvosi Fathulloh Gulanni iyul oyida sodir etilgan davlat to‘ntarishi urinishida ayblab keladi. Mo‘’tadil qarashlarga ega Gulan esa bu ayblovlarni rad etib keladi.

AQSh rasmiylari hozircha Gulanni ekstraditsiya qilishdan bosh tortmoqda. Gulan boshida Erdo‘g‘onning yaqin hamkori bo‘lgan.

Gulan tashkilotlari dunyodagi bir necha davlatda maktab va diniy bo‘lmagan shirkatlarga egalik qiladi. Erdo‘g‘on Gulan boshqa davlatlar xavfsizligiga qanday tahdid solishini ochiqlamadi.

Erdo‘g‘on yana oy boshida Turkiyaning Suriya shimoliga kirib borgani “umidsizlikka tushib qolgan hududda tinchlik, muvozanat hamda barqarorlik o‘rnatganini” ta’kidladi.

Turkiya prezidenti Yevropa Ittifoqini Turkiya a’zoligi masalasi bo‘yicha bergan va’dalari ustidan chiqmagani uchun tanqid qildi. Yevropa Ittifoqi va Turkiya Anqara tomonidan Yevropaga yo‘l olgan qochqinlar sonining ozaytirilish evaziga Turkiyaning a’zo davlatlar safiga qo‘shilishini tezlatishga kelishib olgan edi.

XS
SM
MD
LG