Линклар

Шошилинч хабар
23 апрел 2024, Тошкент вақти: 18:23

Xorij vatandoshligini olganlar O‘zbekiston vatandoshligidan mahrum etiladi


Xorijiy davlat vatandoshligini olganlar O‘zbekiston vatandoshligidan mahrum etilishi mumkin. O‘zbekiston muvaqqat prezidenti Shavkat Mirziyoev 24 sentabr kuni shunday o‘zgartish kiritilgan “O‘zbekiston Respubilikasi fuqaroligi to‘g‘risidagi” qonunni imzolagan.

24 sentabrdan kuchga kirgan o‘zgarishlarga muvofiq xorij davlat vatandoshligini olgan har bir shaxs 39 kun ichida bu haqda O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligi yoki xorijdagi konsullik idoralarini xabardor qilishi kerak.

Qonunga muvofiq, agar shaxs xorijiy davlat foydasini ko‘zlab faoliyat yuritish yoki tinchlik va xavfsizlikka qarshi jinoyatlar sodir etish orqali jamiyat va davlat manfaatlariga jiddiy zarar etkazgan bo‘lsa ham O‘zbekiston Respublikasining vatandoshligini yo‘qotishi mumkin.

Bundan avvalgi qonunda o‘zbekistonlik o‘zga davlat vatandoshligini olib O‘zbekiston fuqaroligidan voz kechmoqchi bo‘lsa mamlakat prezidentiga ariza yozishi, elchixonaga bir to‘plam hujjatlarni topshirishi va ma’lum miqdorda pul ham to‘lashi kerak bo‘lgan.

Fuqarolikdan chiqish to‘g‘risidagi arizani qondirish-qondirmaslik masalasi esa oylab, ba’zida yillab cho‘zib kelingan.

Keyingi bir necha yil mobaynida yiliga 5000 nafarga yaqin O‘zbekiston fuqarosi Green Card sohibi sifatida AQShga ko‘chib ketmoqda.

Ularning ko‘pchiligi keyinchalik ushbu mamlakat fuqaroligini olayapti. Rossiya fuqaroligini olayotgan o‘zbekistonliklar soni esa yil sayin ko‘paymoqda.

Shuningdek, dunyoning boshqa turli davlatlaridan fuqarolik olayotgan o‘zbekistonliklar soni ham oz emas.

Aksar hollarda boshqa davlat fuqaroligini olgan shaxslar O‘zbekiston fuqaroligidan ham voz kechmayapti, ya’ni ikkita pasport egasiga aylanayapti.

XS
SM
MD
LG