Линклар

Шошилинч хабар
28 март 2024, Тошкент вақти: 21:19

Ozarbayjon o‘z Konstitutsiyasini o‘zgartirmoqda


Ozarbayjonda bugun mamlakat konstitutsiyasiga prezident Ilhom Aliev va uning oilasining hukmronligini mustahkamlaydigan o‘zgartirishlar kiritishga yo‘l ochadigan referendum o‘tkazilmoqda.

Saylov uchastkalari mahalliy vaqt bilan ertalab soat 8: 00 da ochildi va soat 19: 00 da yopiladi.

Referendumda ovoz beruvchilar taklif qilinayotgan 29 o‘zgarishga o‘z munosabatini bildirishi kerak. Saylovchilar har bir o‘zgarishga alohida ovoz bera oladilar.

Taklif qilinayotgan o‘zgartirishlarning eng muhimi prezidentlik muddatini besh yildan yetti yilga uzaytirishga oid masaladir.

Referendumda yana ikki yangi vitse-prezident lavozimini ta’sis etish masalasi ko‘rib chiqiladi. Vitse-prezidentlarni tayinlash va ishdan olish prezident zimmasiga yuklatiladi.

Amaldagi prezident o‘z vazifalarini bajara olmaydigan holatlarda uning vazifasini parlament tasdiqlovchi bosh vazir emas, balki birinchi vitse-prezident bajaradi.

Yana bir taklif prezidentga prezidentlik saylovlarini erta o‘tkazish hamda parlamentni tarqatish huquqini berishni ko‘zlaydi.

Prezidentlikka nomzodlarning minimum yoshi bekor qilinadi, parlament deputatligiga nomzodlarning minimum yoshi 25 dan 18 ga tushiriladi.

Ozarbayjon rasmiylari bu o‘zgartirishlar barqarorlik hamda demokratiya uchun kerakligini ta’kidlamoqda. Muxolifatchilar hamda tanqidchilar esa taklif qilinayotgan o‘zgartirishlar Ilhom Aliev va uning oilasining hukmronligini mustahkamlashini aytmoqda.

Faollarning fikricha, referendumdan oldin Ozarbayjon hukumati jurnalistlarga, fuqarolik jamiyatiga va huquqni muhofaza qiluvchilarga bosimni kuchaytirgan.

XS
SM
MD
LG