Линклар

Шошилинч хабар
28 март 2024, Тошкент вақти: 16:02

Toshkentda oylik yo‘l chiptalari metro uchun ham ishlaydigan bo‘ldi


Тошкент метроси
Тошкент метроси

29 sentabrdan boshlab Toshkentdagi jamoat transporti uchun oylik yo‘l chiptalari metro uchun ham ishlay boshladi.

“Toshshahartransxizmat” shirkatinig oylik chiptalar sotish bo‘limi boshlig‘i Aqida Mirzaboevaning Ozodlikka aytishicha¸ shahar hokimligi qarori bilan 29 sentabrdan boshlab metroda oylik chipta bilan yurish mumkin:

- Toshkent shahar yo‘lovchi tashish transportida shahar aholisi va mehmonlariga qulaylik yaratish maqsadida 29 sentabrdan boshlab yangi oylik yo‘l chiptalari xizmat doirasiga metro ham kiritildi. Bundan metro tizimi moliyaviy foyda ko‘radi¸ dedi mulozima.

Suhbatdoshga ko‘ra¸ barcha transport vositalarini qamragan oylik chipta narxi 166 ming so‘m¸ o‘quvchi va nogironlar uchun 84 ming so‘m qilib belgilangan.

- Bu chiptalar bugundan boshlab metro kiraverishidagi kassalarda sotilmoqda, dedi Aqida Mirzaboeva.

Toshkenlik 19 yashar talaba Dilshod Nishonqulovning aytishicha o‘quv dargohlari metro yo‘nalishida joylashgani bois, oylik chiptalarning metroga ham ishlay boshlashi talaba va o‘quvchilar uchun juda muhim qulaylik bo‘ladi.

2004 yildan boshlab Toshkentda oylik chiptalari metroda ishlashi bekor qilingan edi.

Toshkent shahar hokimiyatidagi Ozodlik manbasining aytishicha¸ “2004 yilda Toshkent metrosida oylik chipta bekor qilinishi o‘sha paytda Bosh vazir bo‘lgan Shavkat Mirziyoev buyrug‘i bilan amalga oshirilgan”.

- Naqd pul tushumini ko‘paytirish bo‘yicha qaror doirasida oylik chiptalarni metroga ishlatmaslik g‘oyasi Mirziyoevdan chiqqan edi. Odamlar o‘shanda Bosh vazirdan norozi bo‘lgan edi. Bosh vazirlikning ilk yillarida qilgan yangiliklaridan biri shu bo‘lgan edi. Ya’ni Bosh vazir lavozimiga kelgach, qilgan ilk "yaxshiliklari"dan biri shu edi. Endi xalqqa yoqish uchun piar-aktsiya tariqasida otmen qilyapti¸ deydi manba.

O‘tgan haftada O‘zbekiston prezidenti vazifasini bajaruvchi Shavkat Mirziyoev metroning Yunusobod yo‘nalishidagi qurilish ishlarini yakunlash to‘g‘risida ko‘rsatma bergan edi.

XS
SM
MD
LG