Линклар

Шошилинч хабар
25 апрел 2024, Тошкент вақти: 21:54

O‘zbekiston Andijonda Qirg‘iziston delegatsiyasini quchoq ochib kutib oldi


Qirg‘iziston delegatsiyasini kutib olish arafasi.
Qirg‘iziston delegatsiyasini kutib olish arafasi.

Keyingi o‘n yilda birinchi marta Qirg‘iziston rahbarlari, madaniyat, san’at va sport arboblaridan iborat 130 kishilik delegatsiya O‘zbekistonga safar qildi. Toshkent tashabbusi bilan o‘tkazilgan tadbirga O‘zbekiston Bosh vaziri birinchi o‘rinbosari Adham Ikromov mezbonlik qildi. Uchrashuvda tomonlar ikki davlat munosabatlarini yaxshilash to‘g‘risidagi memorandumni imzoladi.

Rasmiy Toshkent taklifi bilan Andijonga borgan qirg‘iz delegatsiyasini O‘zbekiston Bosh vaziri birinchi o‘rinbosari Adham Ikromov boshchiligidagi mezbonlar kutib oldi.

Qirg‘iz delegatsiyasiga esa Qirg‘iziston Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari Muhammedkaliy Abulgaziev rahbarlik qildi.

Xabarlarda Andijondagi uchrashuv O‘zbekiston prezidenti vazifasini bajaruvchi Shavkat Mirziyoev tashabbusi bilan o‘tkazilgani aytilmoqda.

Qirg‘izistondan borgan delegatsiya avval “Bobur va dunyo” muzeyi, Andijon davlat universiteti qirg‘iz filologiya fakultetiga tashrif qildi. So‘ngra mehmonlar Andijon shahridagi "Do‘stlik uyi”da qirg‘iz diasporasi vakillari bilan uchrashdi va mehmon qilindi.

Ўзбекистон Андижонда Қирғизистон делегациясини қучоқ очиб кутиб олди
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:10:13 0:00

Bundan tashqari mehmonlar Andijon temir yo‘l bekati xamda General Motors Uzbekistan avtomobil zavodini ham borib ko‘rdilar.

Uchrashuv so‘ngida ikki davlat rasmiylari o‘zaro munosabatlarni yaxshilash bo‘yicha memorandumni imzoladi.

- Bugungi kunda 1,5 ming kilometrlik umumiy chegaraga ega bo‘lgan o‘zbek va qirg‘iz xalqi iliq qo‘shnichilik munosabatlarini kutayotganini bilamiz. Lekin biz bir qator muammolarga egamiz va biz buni yashirishni ham xohlamaymiz. Bu muammolarni hal qilishda bizga gubernatorlarimiz, huquq -tartibot organlari yordam berishi mumkin. Men yana bir bor siz va sizning delegatsiyangizga bugungi tashrif doirasida “O‘zaro tushunish to‘g‘risida”gi memorandumni imzolash imkoniyati paydo bo‘lgani uchun minnatdorchilik bildiraman, - dedi O‘zbekiston Bosh vaziri birinchi o‘rinbosari Adham Ikromov.

O‘zbekistonga borgan qirg‘iz delegatsiyasi tarkibida bo‘lgan O‘sh shahar o‘zbek milliy madaniy markazi rahbari Abdurashid Xo‘jaev uchrashuvda ikkki mamlakat o‘rtasidagi chegaralar ochilishi to‘g‘risida ham so‘z bo‘lganini aytdi:

-Memorandum imzolanishi siyosiy narsa bo‘ldi. Bizga ko‘proq O‘zbekiston yutuqlarini ko‘rsatishdi. Biz ham ularning yutuqlarini ko‘rib, guvoh bo‘lib keldik. Chegara ochilishi to‘g‘risida gap bo‘ldi. “Albatta chegara ochiladi”, deyishdi. Maslahat qilishadi. “Chegarani yaqin kunlarda ochib yuboramiz”, degan gaplar bo‘ldi.

Ozodlik: Aynan kim aytdi bu gapni?

-O‘zbekiston Bosh vazirining o‘rinbosari Adham Ikromov gapirdi,- dedi Abdurashid Xo‘jaev.

Qirg‘iziston Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari Muhammedkaliy Abulgaziev safar taasurotlari bilan o‘roqlashar ekan, mana bularni aytdi:

-Biz ikki davlat o‘rtasida dolzarb bo‘lib turgan masalalar, jumladan,xalqimizni o‘ylantirib turgan muammolar, ikki tomon o‘rtasidagi tushunmovchiliklarni qanday bartaraf etish to‘g‘risida ochiqchasiga gaplashib oldik.O‘zbekistonning bu qadami o‘zbek xalqi bizning birodarimiz ekanini isbotlab turibdi. Bundan buyon iqtisodiy va madaniy munosabatlarimiz jonlanishi aniq bo‘lib qoldi, -dedi Muhammedkaliy Abulgaziev.

XS
SM
MD
LG