Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 08:18

Toshkentda "Islom ota" masjidining yuz ochdi oshi berildi


6 oktabr, ertalab Toshkent shahrining “Farg‘ona yo‘li” ko‘chasida joylashgan “Islom ota” jome’ masjidi ochilishi munosabati bilan ehson oshi berildi.

Marosimda ishtirok etgan tinglovchining Ozodlikka aytishicha, tadbirda diniy ulamolar, davlat arboblari, mashhur san’atkorlar va masjid atrofidagi mahalla aholisi qatnashgan.

Mehmonlarga “Islom ota” jome’ masjidi jamoasi nomidan berilgan taklifnomada ehsonning “masjid yangi binosining ochilish shukronasi hamda marhum Yurtboshi Islom Karimov ruhi poklariga savobi etsin umidda” tashkil qilinayotgani aytilgan.

Taklifnomada, shuningdek, masjid binosi o‘tgan yilning bahorida yong‘in tufayli namoz o‘qishga yaroqsiz bo‘lib qolgani eslatilarkan, u “marhum Yurtboshining kenja qizlari Lola Karimova-Tillyaeva va kuyovlari timur Tillyaev homiyligida O‘zbekistonning eng mohir me’mor va ustalarini jalb etgan holda butkul qayta qurilgani” aytilgan.

Toshkentlik general Jo‘rabek tarafidan 1897 yilda qurilgan va tarixiy ëdgorlik sifatida maxsus ro‘yxatga tirkalib, asrab kelinaëtgan “Jo‘rabek“ masjidiga O‘zbekistonning marhum prezidenti nomi berilgani haqida uning kenja qizi, YuNESKOdagi O‘zbekiston vakili Lola Karimova -Tillaeva o‘tgan oyda xabar qilgan edi.

“Masjidni qayta tiklash, savobli ishni bajarish baxtini men va turmush o‘rtog‘imga nasib aylagani uchun mehribon Parvardigorga beadad shukronalar va hamdu-sanolar aytaman”, deb yozgan edi Lola Karimova –Tillaeva.

Bu haqda Ozodlik o‘tgan oyda yoritgan materialda toshkentlik me’mor va restavratorlar Yodgorliklarni saqlash boshqarmasi ro‘yxatida turgan tarixiy “Jo‘rabek” masjidi¸ mavjud qoidalarga zid tarzda buzilib “ta’mir qilingan” deb rasmiylashtirilganidan xavotir bildirayotgani haqida aytilgan edi.

XS
SM
MD
LG