Линклар

Шошилинч хабар
20 апрел 2024, Тошкент вақти: 09:57

Toshkent hokimi ajrashayotgan er-xotinlarni TV orqali sharmanda qilmoqchi


Poytaxt hokimining oila mustahkamligi yo‘lida qo‘ygan qadami to‘g‘risida qalampir.uz sayti xabar qildi. Sayt o‘z xabarida Toshkent shahar hokimi Rahmonbek Usmonovning mana bu gapini keltirgan:

“Ajrashayotgan er-xotinlarning ism-familiyalarini hozircha har 15 kunda soat 23:00da efirga uzatiladigan dasturda, o‘zgarish bo‘lmasa, soat 21:00da e’lon qilamiz. Agar yaqqol natija sezilmasa, ajrashayotgan oila a’zolarining suratini efirga uzatamiz. Bu bilan biz hech kimning haq-huquqlarini toptamaymiz, aksincha, ochiq ma’lumotlarni ommaga taqdim etamiz”.

Shahar hokimi qaysi kanalni nazarda tutayotgani to‘g‘risida aytilmagan.

Aytilishicha, yaqinda Toshkent shahar hokimiyati tomonidan er-xotinlarning ajrashishi masalasiga bag‘ishlangan katta yig‘ilish o‘tkazilgan. Unda Toshkent shahar hokimi Rahmonbek Usmonov, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari – Respublika xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Elmira Bositxonova, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Fan, ta’lim, madaniyat va sport masalalari qo‘mitasi raisi Zayniddin Nizomxo‘jaev, Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi boshlig‘i Bahodir Qurbonov, Toshkent shahar bosh imom-xatibi Anvar qori Tursunov, Fuqarolik ishlari bo‘yicha Toshkent shahar sudi raisi Habibullo To‘raxo‘jaev, Toshkent shahar prokurori Botir Qudratxo‘jaev, Toshkent shahridagi tumanlar hokimlari, mahalla fuqarolar yig‘ini raislari va ularning maslahatchilari ishtirok etgan.

Mazkur yig‘ilish so‘nggida Toshkent shahar hokimi yangi qaror ustida ish boshlab yuborilganini, Toshkent shahrida ajrashgan har bir oila haqida ma’lumotlar – oila vakillarining ism-familiyasi bundan buyon “Toshkent” telekanali va “Toshkent oqshomi” gezetasida berib borilishini ma’lum qildi, deb xabar qildi sayt.

Aytilishicha, shahar hokimi bu ishga jiddiy kirishayotgani, ajrashayotgan oilalar haqidagi ma’lumotlar televidenie orqali tarqatilajagini, bu esa, ajrashishlarning kamayishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatishi mumkinligini qayd etgan.

Hokimning ma’lum qilishicha, oilaviy ajrashishlarga sababchi bo‘layotganlar, xususan, qaynota-qaynonalar va kelinlar ommaviy muhokamaga olib chiqilib, ular ishtirokida teleko‘rsatuvlar tayyorlanadi.

Material qalampir.uz sayti xabari asosida tayyorlandi

XS
SM
MD
LG